Umarali Rahmonaliev: "Gonkongning kuchli va kuchsiz tomonlarini o'rganib chiqqan edik"
09 sen 2023 22:41
Yangiliklar
Umarali Rahmonaliev: "Gonkongning kuchli va kuchsiz tomonlarini o'rganib chiqqan edik"
U-23 Osiyo Kubogi saralashi 2-turi doirasidagi Gonkong – O'zbekiston uchrashuvidan (0:10) so'ng Umarali Rahmonaliev bahs haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Umarali Rahmonaliev: "Bizni maydondan, uydan qo'llab-quvvatlaganlarga rahmat aytamiz. Qanday hisob bo'lishidan qatiy nazar, hayolimizda 0:0 deb o'yladik. Maksimal yirik hisobda g'alaba qozonishga intildik. Navbatdagi bahs Eron bilan. Ushbu uchrashuvdan oldin maksimal natijaga erishishni xohladik".
- Murabbiylar tomonidan hisobni o'ta yirik ko'rinishga keltirish borasida ko'rsatmalar berildimi?
- Raqibni yaxshi o'rganib chiqqan edik. Bahsgacha Gonkongning kuchli va kuchsiz tomonlarini ko'rib, ularning kuchsiz tomoniga zarba berishga urindik.
- Eronga qarshi bahs oson bo'lmaydi...
- Eronga qarshi uchrashuvlar doimo qiyin bo'lgan. Biz faqat g'alaba maqsadida maydonga tushamiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Навбаҳор" сафарда "Пахтакор"ни мағлуб этди
Суперлига. "Нефтчи" "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Искандеров ўйинни ҳал қилди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Fikrlar