So’nggi yangiliklar

20:05U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон U-23 - Ливан U-23 1:0 (матнли трансляция)  36 19:52ФОТОГАЛЕРЕЯ. "Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  0 19:44"Локомотив" икки иқтидор билан шартномани узайтирди: Улар 2029 йилгача "темирйўлчи" бўлиб қолишади  0 18:59Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон жой олган гуруҳда Жанубий Корея ва Эрон муроса кўчасини танлади  4 18:49"Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  3 18:30Испания Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланди  1 17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  2 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  8 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  2 16:17Абдуқодир Ҳусанов сайёранинг энг тезкор 10 нафар футболчиси қаторига кирадими?  2 15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   19 14:45"Бунёдкор" хорватиялик легионер билан хайрлашди  1 14:20Забиҳилло Ўринбоев: "Ўтган йилги ички муаммоларни ҳозир айтиш нотўғри. Хатолардан хулоса чиқарамиз"  1 14:02МЮ вақтинчалик мураббий масаласида Сульшер ва Кэррик билан учрашув ўтказади  6 13:35Неймар ва "Сантос" шартномани 2026 йил якунига қадар узайтиришди  0

Umar Eshmurodov: "Uchrashuvlarda jangovorlik oshganligi sezilib turibdi" Yangiliklar

Umar Eshmurodov: "Uchrashuvlarda jangovorlik oshganligi sezilib turibdi"

“SHo'rtan” jamoasi “Bunyodkor” klubi ustidan kichik hisobda g'alabaga erishib o'z maydonida muhim uch ochkoni qulga kiritdi.

O'yin taqdirini hal qilgan yagona gol muallifi, “oq bo'rilar” markaziy himoyachisi Umar Eshmurodov  bilan qisqa suhbat uyushtirdik.

-   Umar bugungi g'alaba  bilan tabriklaymiz
-   Rahmat.

-    Bugungi uchrashuv haqida to'xtalib o'tsangiz.
-   Nima desam ekan? O'yin og'ir kechdi,  “Bunyodkor” jamoasi butun o'yin davomida tashabbusni o'z qo'llarida ushlab turishdi.  Bizning  jarima maydonchamiz atrofida  bir necha xavfli vaziyatlar sodir etishdi. Himoyadagi bexato harakatlarimiz evaziga jamoa raqibning xavfli ko'rinishdagi qarshi hujumlarini bartaraf etishdi.

-   Uchrashuvdan oldindan bosh murabbiy tomonidan  qanday vazifa qo'yilgan edi?
-   Raqibning xatolaridan umumli foydalanib, qarshi hujum taktikasini amalga oshirish va himoyada imkon qadar, tartibli harakat qilish edi.

-   Ixtiyor Karimov o'z shogirdlaridan nimani talab qiladi?
-   Ishlashimiz va undan rohatlanishimizni.



-   Maydonda qaysi jamoadoshingiz bilan yaxshi chiqishayapsiz?
-   Namaganlik  tajribali markaziy  himoyachi Obid Jo'raboev  bilan hamkorligimiz yomon chiqmayapti, menimcha.  Zero, u bilan bitta qanotda to'p suramiz va ko'pincha raqib hujumlarini bartaraf etishda bir-birimizni tez tushunamiz. Maydon tashqarisida esa,  Jamol Otaqulov, Olim Karimov, Otabek Narzullaev,  Siroj Hamroev, G'ulom Rahmonov, Marufxon Murodovlar bilan munosabatim alo darajada. Ular bilan turli mavzularda suhbatlashamiz, bahslashamiz, hazillashib turamiz. Umuman olganda, jamoamiz ahil-inoq. Barchamiz bir maqsad yo'lida birlashganmiz.

-   Milliy chempionatimiz bu yilgi manzarasi xususida nima deysiz?   
-   Uchrashuvlarda jangovorlik oshganligi sezilib turibdi, tomoshaboplik darajasi chakki emas. To'g'ri, “Lokomotiv”, “Nasaf” klublarining imkoniyatlari nisbatan baland ekanligini rad etib bo'lmaydi. Lekin qolganlar ham u qadar orqada emaslar. Har bir klub xoh o'z maydoni, xoh  safarda bo'lsin, raqibga jiddiy kurash  taklif etyapti. Bir so'z bilan aytganda, bu yilgi o'yinlar chempionatimiz saviyasi ancha oshganligidaan dalolat bermoqda.

-   Keyingi  tur bahslarda ham jamoa zafarli yurishlarida davom ettirishiga tilakdoshmiz.
-   Rahmat.

Fahriddin CHoriev suhbatlashdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика