So’nggi yangiliklar

23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  2 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  4 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  4 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  32 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  4 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0 20:26Суперлига. "Сўғдиёна" ОКМКга 4 та гол урган оқшомда Бошкович илк бор Қосимовни мағлуб этди  45 19:50Моуриньюга АПЛдан янги вариант пайдо бўлди  3 19:19Баллак Чемпионлар Лигасининг жорий мавсумдаги асосий фаворитларини айтди  6 18:49Тармоқларда ЖЧ-2026 тўпининг суратлари айланмоқда  0 18:16"Андижон"нинг бўлажак рақиби ишончли ғалабага эришди  3 17:50Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Стоунзнинг майдонга тушиши сўроқ остида. Қолганлар ўйинга тайёр"  5 17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  14

Umar Eshmurodov: "Paxtakor" o'yinchisi noto'g'ri gap aytib yubordi, shu bois kichik tortishuv yuzaga keldi. Provokaciya qilish kerak emas" Yangiliklar

Umar Eshmurodov: "Paxtakor" o'yinchisi noto'g'ri gap aytib yubordi, shu bois kichik tortishuv yuzaga keldi. Provokaciya qilish kerak emas"

O'zbekiston Superkubogidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Nasaf" (1:2) uchrashuvidan keyin qarshiliklar futbolchisi Umar Eshmurodov o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

"Har qanday kubok uchun hal qiluvchi bahsdagi g'alaba odamni xursand qiladi. Og'ir o'yin bo'ldi. Uchrashuvni qiyin ruhda boshladik. Keyinchalik o'zimizni o'nglab olishga muvaffaq bo'ldik. Yigitlar qo'lidan kelgancha harakat qilishdi. Barchani g'alaba bilan tabriklayman. G'alabani ilk navbatda, dadamga va oilamga bag'ishlayman. 

O'z darvozamizdan to'p o'tkazib yuborgach, birinchi bo'lim so'ngida ko'proq harakat qila boshladik. Jismoniy jihatdan raqibdan yaxshiroq holatda ekanligimiz bilindi. SHu bois, birinchi taym oxiri hamda ikkinchi bo'lim davomida raqibga imkon bermadik. Jismoniy tarafdan yaxshi tayyorgarlik ko'rganimiz sababli o'yin muvozanatini o'z tomonimizga og'dira oldik. 

Har bir o'yinda g'alaba uchun maydonga tushamiz. To'g'ri, bazi uchrashuvlarda gol ura olmayapmiz, buni inkor qilmayman. Lekin yigitlar har bir bellashuvda oxirigacha harakat qilmoqda. Faqat omad etishmay qolishi, vaziyatlardan foydalana olmaslik holatlari kuzatilmoqda. CHempionat darajasi boshqacha. U erda durang o'ynasangiz ham ochko boy berasiz. U turnirda faqat gol urib, g'alaba qozonish kerak. Superkubok singari bitta o'yindan iborat to'qnashuvlarda esa o'yin so'nggiga qadar nimagadir ishonsangiz bo'ladi. Bu erda durang bilan penaltilar seriyasiga qadar etib borib, uyog'ini o'z foydangizga hal qilsangiz bo'ladi. Biroq chempionatda nechta o'yinda 0:0 hisobida durang o'ynadik. Bizda yaxshi jamoa shakllangan. CHempionatda ham oxirigacha harakat qilamiz. 

Birinchi bo'lim so'ngida raqib futbolchilari bilan tortishuv yuzaga keldi. Bu futbolda uchrab turadigan holat. "Paxtakor" o'yinchisi noto'g'ri gap aytib yubordi, shu bois kichik tortishuv yuzaga keldi. Nima bo'lgan taqdirda ham, halol o'yin namoyish etish lozim. Provokaciya qilish kerak emas. Yutsang yutding, bo'lmasa raqibni quyushqondan chiqarish kerak emas", dedi "Nasaf" sardori.

Reyting: +35   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика