So’nggi yangiliklar

09:57АS нашри Испания ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркибини эълон қилди  7 09:22Ўзбекистон ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркиби билан танишинг  14 08:55“Mirabror Usmanov Cup-2024”. Бугун учинчи ўрин ва финал учун учрашувлар бўлиб ўтади  1 08:26Ҳусайн Норчаев олимпиада олдидан ФИФАга тайёргарлик, режалар ва мақсадлар ҳақида интервью берди  10 08:01ESPN нашри ХХI асрнинг энг яхши футболчилар рейтингини тузиб чиқди  13 07:21Тарих ёзишда давом этамиз! Бугун Ўзбекистон ОТЖ Олимпия ўйинларида дебют баҳсида майдонга тушади  32 00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  1 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  3 00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  1 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  4 23:29"Челси"ни 12 нафар футболчи тарк этиши мумкин - барча номлар маълум  3 23:12Туркия. Турғунбоевнинг ягона голи "Сивасспор"га ўртоқлик ўйинида ғалаба тақдим этди  3 22:55Ўртоқлик ўйини. "Арал" Суперлига жамоасини мағлуб этди  6 22:27Венесуэлада ВАР томонидан белгиланган офсайд чизиғи муҳокамаларга сабаб бўлди  15 22:00"Челси" Сарр билан шартномани бекор қилди. Футболчи эркин агент сифатида "Ланс"га йўл олади  2

Ulug'bek Mirzaev: Bir masalada jiddiy xavotirdamiz Yangiliklar

Ulug'bek Mirzaev: Bir masalada jiddiy xavotirdamiz

SHu kunlarda Superliga va Pro-liga jamoalari Osiyo futbol konfederaciyasining klublarni licenziyalash tizimi bo'yicha bu yilgi ishlarni yakunlash arafasida.

Bu borada «Bunyodkor»dagi ishlar qay darajada bitkazilayotganligini bilish maqsadida, klub bosh direktori Ulug'bek Mirzaev bilan suhbatlashdik.

- Malumki, OFK talablariga ko'ra, o'zbek klublari har yili licenziyalash jarayonidan o'tishadi. Xo'sh, «Bunyodkor»da bu yil mazkur jarayon qanday kechdi?


- Jamoamizning licenziyalash menejeri - uzoq yillik boy tajribaga ega xodimimiz Ayniddin G'iyosov hisoblanadi. Ushbu mutaxassisimiz bilan doimo aloqadamiz. «Bunyodkor» tuzilmasidagi barcha bo'limlar OFK talab qilgan hujjatlarni A.G'iyosovga topshirishgan. O'z navbatida, u mazkur hujjatlarni OFKning licenziyalash bo'yicha elektron tizimiga deyarli kiritib bo'ldi. O'ylaymanki, «Bunyodkor», har yili bo'lgani singari, bu safargi licenziyalash jarayonini ham yaxshi o'tkazadi. Jamoamiz har yili o'z oldiga Osiyo CHempionlar ligasiga chiqish vazifasini qo'yadi. Ushbu mavsum ham bundan mustasno emas. Yani bu yil ham Superligada yuqori o'rinlarni egallash va bu orqali CHempionlar ligasiga yo'llanma qo'lga kiritishga harakat qilamiz. Barchaga malumki, licenziyalash jarayonidan muvaffaqiyatli o'tmagan klub, Superligada qanday natija qayd etishidan qatiy nazar, CHempionlar ligasida qatnasha olmaydi. Biz nafaqat maydondagi, balki tashkiliy yo'nalishdagi ishlarimizni ham alo darajada bajarib, ikki tomonlama ham xalqaro musobaqada qatnashishga loyiq ekanligimizni ko'rsatmoqchimiz. Aslida bu Superliganing barcha klublariga tegishli.

- Kuni kecha OFK o'zbek klublari uzoq tanaffusdan so'ng keyingi yildan boshlab OFK kubogida yana qatnashishlarini malum qildi. PFL Bosh direktori Diyor Imomxo'jaev klublarimiz OFK kubogida g'olib chiqish orqali 1,5 million dollar ishlab olishlari mumkinligini eslatib o'tdi. OFK kubogi «Bunyodkor» uchun qo'shimcha imkoniyat. SHunday emasmi?


- PFL aprel oyida klublardan o'z byudjetlarini yana qanday qo'shimcha mablag'lar evaziga ko'paytirishlari mumkinligi bo'yicha malumot so'ragan edi. O'shanda biz OFK kubogida ishtirok etish orqali mablag' ishlash mumkinligini bildirgandik. Ochig'ini aytganda, «Bunyodkor» hozirgi paytda CHempionlar ligasida g'olib chiqishi mushkul masala. OFK kubogida g'olib chiqqan taqdirda 1,5 million, finalgacha etib borganda esa 750 ming AQSH dollari miqdorida pul ishlab olsa bo'ladi. Qolaversa, finalga etib kelgan jamoa har bosqichdan o'tgani uchun ham malum summa egasiga aylanadi. Bu o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan barcha klublarimizga qo'shimcha imkoniyat yaratadi. Lekin bizni xavotirga solayotgan bir jihat bor...

- Bu qanday jihat ekan? Nima havotirga solishi mumkin?


- 2019 yilning 4 dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida»gi farmoni elon qilingan edi. O'sha farmonda Superliganing 10 va Pro-liganing 3 jamoasi tasis hujjatlari Davlat aktivlarini boshqari agentligiga o'tkazilishi masalasi belgilandi. Yil boshidan beri jamoalarning tasischilari o'z ulushlarini Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hisobiga o'tkazib kelishmoqda. Barcha ishlar yakunlanganidan so'ng Davlat aktivlarini boshqarish agentligi klublarimizning yagona tasischisiga aylanadi. Lekin OFKning klublarni licenziyalash talablariga ko'ra, bir musobaqada ishtirok etayotgan ikki va undan ortiq klublarning tasischisi bitta tashkilot bo'lishi mumkin emas. Bu xoh yuridik shaxs bo'lsin, xoh jismoniy. Bir so'z bilan aytganda, barcha jamoalarning tasischilari boshqa-boshqa, alohida-alohida bo'lishi shart, yani manfaatlar kesishuvi bo'lmasligi kerak.

SHu erda bir voqeani eslab o'tishni lozim deb bilaman. 2009-2010 yillarda «Bunyodkor»da licenziyalash menejeri lavozimida faoliyat yuritganman. O'sha vaqtda klub bosh direktori Bahrom Davlatov edi. OFKga licenziyalashga oid barcha hujjatlarni to'liq taqdim qilganmiz. OFKning shu sohadagi mutaxassislari, tekshiruvlar natijasiga ko'ra, shuni aniqlaganlarki, Davlatov «Bunyodkor»dan bir necha yillar avval Muborakning «Mashal» klubida ham ishlagan hamda Bahrom Boyjonovichning «Mashal» FK ustav fondida juda ham bir kichik - taxminan 0,5 foiz ulushi bo'lgan. SHuni OFK komissiyasi aniqlab, ulush miqdori juda ham kam bo'lishiga qaramay, bitta shaxs bir vaqtning o'zida ikki jamoaning boshqaruv tizimida ulush yoki tasir kuchiga ega bo'lishi mumkin emas deya, undan «Mashal»dagi ulushini topshirish lozimligini talab qilishgan. SHunda Bahrom Boyjonovich o'z ulushini o'g'lining nomiga o'tkazib bermoqchi bo'lganida, OFK mutasaddilari bu holat ham licenziyalash talablariga to'g'ri kelmasligini, biror bir klubda rahbar bo'lib ishlayotgan shaxsning hatto birinchi darajali qarindoshi ham xuddi shu musobaqadagi boshqa bir klubda ulushga ega bo'lishligi mumkin emasligini malum qilishgan. SHundan so'ng Bahrom Boyjonovich o'z ulushidan voz kechib, «Mashal» klubi foydasiga o'tkazgan.

Hozirgi vaziyatda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi barcha klublarimizning yagona tasischisiga aylanib qoladi. To'g'ri, bu orqali, birinchi navbatda, davlatimiz rahbari farmonining ijrosi chiroyli tarzda amalga oshirilmoqda. Ammo, ikkinchi tarafda, klublarimizning xalqaro maydondagi ishtiroki hamda licenziyalash talablari ham bor. Bu jabhada qandaydir nomutanosiblik borga o'xshaydi, go'yo. OFK buni qanday qabul qilarkin? CHunki bu OFKning talablariga zid. «Bunyodkor» CHempionlar ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritsa-yu, biroq OFKning licenziyalash talablarida kamchiliklar kuzatilsa va yakunda bizga OFK CHempionlar ligasida ishtirok etishga ruxsat berishmasa, nima bo'lar ekan, degan xavotirlarimiz bor. Bu holat nafaqat «Bunyodkor»ni, balki Davlat aktivlariga o'tayotgan boshqa klublarni ham tashvishlantirishi tabiiy.

- Sizningcha, bu masalani qanday hal qilish mumkin?

- Fikrimcha, PFL Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda bir to'xtamga kelishi kerak bo'ladi. Bunday holatda «oltin o'rtalikni» topish darkor. Yani yuqorida keltirib o'tilgan farmonning ham, OFK talablarining ham bajarilishini esdan chiqarmaslik lozim. Davlat aktivlarini boshqarish agentligida kuchli mutaxassislar ishlaydi. SHuningdek, PFL rahbari Diyor Imomxo'jaev ham futbol bo'yicha etuk salohiyatga va bilimga ega. O'ylaymanki, har ikkala tashkilot bu masalada eng maqbul echimni topa olishadi.



*****



IZOH. O'zbekiston Professional futbol ligasi Licenziyalash bo'yicha reglamentidan KO'CHIRMA. Reglamentning L.03 bandida yuqorida ko'tarilgan mavzuga oid quyidagi talablar alohida bayon etilgan:

Mulk huquqi va klublarni boshqarish

— Licenziya talabgori (futbol klubi) klubni boshqarish mexanizmi va mulkchilik shakli aniq ko'rsatilgan tegishli hujjatni taqdim etishi lozim.

— Klub boshqaruvida, mamuriyatda va/yoki klub sport faoliyatida qatnashadigan har qanday jismoniy yoki yuridik shaxs:

a) ushbu musobaqada qatnashayotgan boshqa klubning qimmatli qog'ozlari, akciyalari yoki ulushining egasi bo'lmasligi va ular bilan ishlamasligi zarur;

b) ushbu musobaqada qatnashayotgan boshqa klubning akcionerlari ichida ko'pchilik ovozga ega bo'lmasligi kerak;

v) ushbu musobaqada qatnashayotgan boshqa bir klubning mamuriyati, boshqaruvi va kuzatuv organidan kimnidir ishga tayinlash va ishdan bo'shatish huquqiga ega bo'lmasligi lozim;

g) boshqa bir klub akciyalariga (ulushlariga), garchi qolgan akciyadorlar bilan kelishgan taqdirida ham, egalik qila olmaydi;

d) ushbu musobaqada qatnashayotgan boshqa bir klubning vakili bo'lmasligi shart;

e) ushbu musobaqada qatnashayotgan boshqa bir klubning mamuriyati, boshqaruvida ishlamasligi va/yoki sport yutuqlarida, faoliyatida qatnashmasligi zarur;

j) ushbu musobaqada qatnashayotgan boshqa bir klubda hech qanday tasir kuchi bo'lmasligi shart.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика