So’nggi yangiliklar

10:54"Челси" 19 ёшли футболчининг трансфери учун 43 миллион сарфлайди  0 10:23"Қўқон-1912" футболчиси Ироқ клуби билан шартнома имзолади  0 09:58Ўртоқлик учрашуви. МЮ АҚШда йирик ҳисобда ғалаба қозонди  1 09:27Нима? "Ал Насср" Россия чемпионатида тўп сураётган футболчига 70 миллион евро бермоқчи  3 08:58Пролига. "Олимпик" 7 нафар футболчи билан шартнома имзолади  1 08:30Аббосбек Файзуллаев янги жамоасида машғулотларни бошлаб юборди  10 08:25Лига Кубоги. "Интер Майами" ғалаба қозонди, Месси ўз ҳисобига иккита голли узатма ёздириб қўйди  4 08:01"Андижон" трансфернинг сўнггида яна икки нафар футболчи билан шартнома тузди  3 07:34"Навбаҳор" икки нафар "Олимпик"нинг собиқ футболчилари билан шартнома имзолади  1 03:15Равшан Эрматов билан дуч келган мундиалда майдонга тушиш учун пул тўлаган, "Атлетико Мадрид" либосини кийган ҳамда Арманистонда рекордлар қайд этган "Насаф"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз   2 00:40"Барселона" бош мураббийи Флик: "Рэшфордни кўп йиллардан бери кузатиб келаяпман"  3 00:16Куртуа фаолиятини якунлагандан сўнг пойгаларда қатнашиш истагини билдирди  1 00:07Ўзбекистонда трансфер ойнаси расман ёпилди  8 23:46"Ал Насср" ўртоқлик ўйинида "Тулуза"ни мағлубиятга учратди. Феликсдан дебют, Роналдудан гол  4 23:27"Ман Юнайтед" "Ман Сити"га керак бўлмай қолган дарвозабонга қизиқмоқда  3

Ulug'bek Hoshimov: "Maqsadimiz – chempionlik. Nasib qilsa, bunga erishamiz" Yangiliklar

Ulug'bek Hoshimov: "Maqsadimiz – chempionlik. Nasib qilsa, bunga erishamiz"

O'zbekiston OTJ hujumchisi Ulug'bek Hoshimov ertangi o'yin oldidan jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

U-23 Osiyo Kubogi yarim finalidan o'rin olgan O'zbekiston – Yaponiya uchrashuvidan avval futbolchimiz Ulug'bek Hoshimov "Championat.asia"ga fikrlarini bildirib o'tdi.

- Ulug'bek, avvalo, Iroq bilan o'yindagi g'alaba bilan tabriklaymiz. Yaponiyaga qarshi tayyorgarlik qanday bo'ldi?

- Tayyorgarlik zo'r bo'ldi, deb bemalol aytishim mumkin. SHuncha yo'l bosib o'tib, yarim finalga ham etib keldik. Maqsadimiz – chempionlik. Nasib qilsa, bunga erishamiz.

Iroqqa qarshi o'yin qiyin o'tdi. Biz niyatimizga etishdik, deb o'ylayman. Yigitlarning ham, ota-onalarimizning ham o'ziga yarasha orzu-niyatlari bor. Yarmini bosib o'tdik, deb o'ylayman. 

- O'sha o'yinning birinchi bo'limidan keyin Timur Kapadze futbolchilarga nima dediki, ikkinchi taymda o'yin O'zbekiston tomoniga o'zgardi? 

- 12-daqiqada darvozabonimizga qizil kartochka berilgan edi. Bu bizga ruhiy jihatdan tasir qildi. Lekin o'yin tizginini o'z qo'limizga ola bildik. SHu orqali g'alabaga erishdik. Bundan buyog'iga ham bir jamoa bo'lib chempionlik kubogini ko'taramiz. 

- Yaponiya musobaqada eng kam gol o'tkazayotgan jamoalardan biri. Bu borada sizlarda qiyinchilik bo'ladimi?

- Barcha biladiki, Yaponiya Osiyoda o'z o'rniga ega va anchagina kuchli. Ularda har taraflama yaxshi jamoa shakllangan. Biz ham o'zimizga yarasha obro'-etiborga egamiz. Yarim finalda kuchimizni ko'rsatamiz. Kuchli jamoaga qarshi yarim finalga etib keldik, buyog'iga ham taslim bo'lish niyatimiz yo'q. 

- Stadionga muxlislar kiritilishi yoki kiritilmasligi haqida fikringiz…

- Bu narsani eshitib o'ylanib qoldik. Muxlislarning tashrifi bizga ruhiy tomonlama yordam berayotgandi. Qancha g'alaba qozongan bo'lsak, bularda muxlislar qo'llab-quvvatlashlari orqali hissa qo'shishgan. Qanday holat bo'lmasin, unga etibor bermasdan, oldimizdagi maqsad tomon harakat qilamiz.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика