Ulug'bek Baqoev: "Teng o'yinda uchta gol urdik"
24 may 2022 23:22
Yangiliklar
Ulug'bek Baqoev: "Teng o'yinda uchta gol urdik"
Superliganing 10-turida "Qo'qon-1912"ga qarshi o'yindan keyin "So'g'diyona" bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
- Boshidan boshlaydigan bo'lsam, uchrashuvning dastlabki bo'limi va ikkinchi bo'lim boshi teng o'tdi. Ikki jamoa vakillari bosim o'tkazishga harakat qildi. Standartdan urilgan gol futbolchilarimning o'yinini ochib yubordi va o'ynash oson bo'ldi. Teng o'yinda biz uchta gol urdik. Menimcha bu erda ruxiy tayyogarlik asosiy o'rinda bo'ldi.
Standartdan urilgan gol barchasini o'zgartirib yubordi va biz aynan shu holat tufayli yutib ketdik. Qo'qonda tanishlarim, do'stlarim bor. Baxtiyor Ashurmatovga, uning jamoasi va futbolchilariga doimo muvaffaqiyat tilayman, - dedi Baqoev.
Fikrlar