So’nggi yangiliklar

20:32Рафинья: "Қоидалар ҳамма учун турлича бўлиши жуда оғир"  2 19:57"Арсенал" "Атлетико" ҳужумчиси учун 120 млн евро таклиф қилган, аммо рад жавобини олган  1 19:35Кевин Де Брюйненинг эҳтимолий қайтиш санаси айтилди  0 19:09"Барселона" — Ла Лигада пенальтидан гол ура олмаслик бўйича пешқадам  2 18:41Тотти "Рома" билан музокаралар олиб бормоқда  0 18:14Абдуқодир Ҳусанов — ЕЧЛнинг энг тезкор футболчиси!  17 17:53Гватемала Россия терма жамоасига қарши ўйнамайди  1 17:27"Аякс" Зинченконинг жароҳати бўйича баёнот берди  0 16:59"Манчестер Юнайтед" "Ливерпуль" юлдузини сафига оғдириб олишга тайёр  1 16:33Деку "Барселона" Бундеслига юлдузларидан бирига қизиқиши билдирганини тасдиқлади  9 16:05"Нефтчи" "Иртиш" устидан ғалабага эришди  14 15:31Кунья: "Одамлар 15 очкодан кўра унинг соч турмаги ҳақида кўпроқ хавотир оляпти"  5 15:03"Локомотив" Грузия жамоасидан енгилди  2 15:01Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  109 14:37Клоппнинг агенти: "Манчестер Юнайтед" ва "Челси" Юргенга мурожаат қилган  1

Ulug'bek Baqoev tarixiy natijadan so'ng nimalar dedi? Yangiliklar

Ulug'bek Baqoev tarixiy natijadan so'ng nimalar dedi?

O'zbekiston Superligasining 26-turidan o'rin olgan AGMK - "So'g'diyona" 0:1 uchrashuvidan so'ng mehmonlar murabbiyi Ulug'bek Baqoev o'yin haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.



O'yini oladigan bo'lsak, bugungi bahs juda katta qiziqish uyg'otishi aniq edi. CHunki medallar yo'lida biz, AGMK, "Nasaf" jamoalari qattiq kurashdi. O'yin ancha yaxshi bo'ldi, jonli o'yini ko'rdik. Mezbonlarda bir nechta yaxshi vaziyatlar bo'ldi, bizda ham bo'ldi. Biroq raqibniki ancha ko'proq bo'ldi. So'nggi daqiqalarda jamoamiz penalti tepishga erishdi va g'alabani qo'lga kiritdik. Biz eng minimum natijaga umid qilgan edik, baxtimizga eng mukammaliga ega bo'ldik. Bu yili "So'g'diyona" va AGMK medallarga "Nasaf"dan ko'proq haqli edi. Mavsum davomida biz va AGMK jamoasi ikkinchi va uchinchi o'rin uchun kurashni davom ettirdi. Ularni uchinchi o'rini olishganlari bilan tabriklayman. Ajoyib natija uchun jamoamiz futbolchilarga va jamoa rahbarlariga minnatdorchilik bildiraman. Barcha jizzahlik muxlislarni ajoyib natija bilan tabriklayman.

Mavsum o'rtalarida jamoangiz o'yini haqida bir nechta maqolalar chiqdi. Siz esa ularga mavsum yakunida ko'ramiz, dedingiz...

To'g'risini aytganda, bu jurnalist kim ekanligini bilmayman. U qaerdan bunday statistikani olganini bilmayman. Futbolda ko'plab natijalarni hisobga olish kerak, biroq u biz haqiqatdan ham eng yomon bo'lgan vaziyatlardagi statistikani olgandi. Jamoa uchun faqat natija kerak. Jamoa bu uchun qanday o'ynaydi. Istasa himoyadan o'yin olib boradi yokida hujum qilib. Siz esa bor futbolchilaridan foydalangan holda o'yin taktikasini ishlab chiqasiz. Futbolchilar hujumda ham ancha yaxshi harakat qilishadi, biroq ular himoyaviy futbol orqali yanada yaxshiroq o'yin olib borishgani uchun ham biz shunday harakat qildik. Bunday jamoalar juda ko'p. Uning fikrlari xato edi va gaplarini qaytarib olgani maqul.


O'sha jurnalist (Faxriddin Ro'ziev)ga taqdirlash marosimida kumush medalingizni taqib qo'ysangiz qanday bo'ladi?

Bu murabbiylik faoliyatimdagi ilk medalim. Menimcha, bu men uchun eng muhim va unutilmas medal bo'ladi. SHu sababli ham barcha futbolchilarimga shunday ajoyib lahzalarni taqdim etganlari uchun minnatdorchilik bildiraman. 

Agar "Paxtakor" kubok bahslarida ham g'alaba qozonsa, "So'g'diyona" OCHL saralash bahslarida "Al-Garafa"ga qarshi maydonga tushadi. SHu sababli ham jamoaning selekciya ishlari qanday bo'ladi?

Biz hali bu haqida o'ylab ko'rmadik. Hali yakunlanmagan ishlar bor va buni omma oldida gapirmagan maqul. Hozircha bu haqida gapirmayman. Barchani bugungi natija bilan tabriklab qolaman.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика