Ulug'bek Baqoev "Sug'diyona"ga sobiq shogirdini taklif qilmoqchi
03 jan 2021 13:42
Yangiliklar


Ulug'bek Baqoev "Sug'diyona"ga sobiq shogirdini taklif qilmoqchi
Ikki mavsumdan beri Superligada yaxshi o'rinlarni egallab kelayotgan "Sug'diyona" qishki transferlar oynasi vaqtida tarkibni kuchaytirish ishlarini boshlab yuborgan.
Championat.asia saytining malumotlariga ko'ra jamoa o'tgan mavsum AGMKda to'p tepgan turkmanistonlik yarim himoyachi Arslanmirat Amonovga qiziqish bildirmoqda. SHuningdek hozirda yana bir qator futbolchilar bilan muzokaralar boshlab yuborilgan. Klubni himoyachi SHavkat Mullajonov tark etgan.
Baqoev uchun Arslanmirat Amanov begona emas. Ular 2018 yilgi mavsumda "Buxoro"da ham birga ishlashgan. SHu bois murabbiy uni o'z jamoasida ko'rishni istayotgan bo'lishi mumkin.
Jamoa azolari ertadan Toshkentda navbatdagi mavsumga tayyorgarlikni boshlaydi. Mazkur yig'in davomida tarkibga yangi ijrochilar kelib qo'shilishi kutilmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar