So’nggi yangiliklar

18:35Эшитдик-да! ЎФА Хорватия терма жамоаси собиқ устозига таклиф билан чиқди  6 18:05Топ-трансферлар вақти. "Арсенал" ва "Ливерпуль" "тезлигига" пулдан муаммоси йўқ "Ньюкасл" ҳам дош беролмаяпти   0 17:45"Истанбул Башакшеҳир" матбуот хизмати Аббос Файзуллаевнинг трансфери масаласида маълумот берди  2 17:26Украиналик мутахассис "Андижон" мураббийлар штабига қўшилди  0 17:10Расман: Болтабоев "Нефтчи"ни тарк этди  1 16:55"Сўғдиёна" ва "Бунёдкор" қирғиз клуби билан ўйнайди  0 16:35"Реал" ҳимоячисини "Алавес"га сотди  0 16:06"Ливерпул"да Рэшфорд?! Катта трансферга тайёргарлик бошланди!  3 15:38Роналду – энг яхши!  24 15:11"Реал"да можаро: Винисиус янги мураббийнинг ҳаракатларидан норози  13 14:42"Андижон" "Сурхон" футболчисини ижарага олди  5 14:15"Манчестер Сити" ва "Бавария" Доннарумма учун курашга қўшилди  1 13:45Ўткир Юсупов "Истиқлол" таклифини рад этди  10 13:20"Барселона"да асосий таркибдан мосуво қилинган Тер Штегенга "Сити"дан таклиф тушди  8 12:57"Челси" дарвозабони "Борнмут"га ўтди. Трансфер шартлари қанақа?  1

Ulug'bek Baqoev: "So'g'diyona" OCHLda o'ynashga 100 foiz tayyor!" Yangiliklar

Ulug'bek Baqoev: "So'g'diyona" OCHLda o'ynashga 100 foiz tayyor!"

Superliganing 21-turidan o'rin olgan "Andijon" - "So'g'diyona" (0:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev o'z fikrlarini bildirdi.





"CHempionat yakuniga etib bormoqda, agar musobaqa jadvaliga qarasak "Andijon" uchun ham, biz uchun ham ochkolar kerak edi. Ikkala tomon ham tartibli o'ynashga intildi. Albatta durang natija biz uchun yomon natija. Yigitlarga o'yin uchun rahmat aytaman, "Andijon" jamoasiga keyingi bahslarda omad tilayman", - deydi Ulug'bek Baqoev.

- "So'g'diyona" ayni paytda ikkinchi o'rinda bormoqda. Ammo shunga qaramay klubni tanqid qilayotganlar ham bor. Ularga qanday munosabatdasiz?

- Hozir musobaqa jadvalining yuqorisida ham, pastida ham poyga juda jiddiy kechmoqda. O'ylashimcha oxirgi turgacha jamoalar ko'p ochko yo'qotishadi, ammo bir narsani ayta olaman: "So'g'diyona" oxirigacha kurashadi. Xudo xohlasa "So'g'diyona" medallardan birini qo'lga kiritadi.

- Bugun jamoa etakchilari Norxonov va Hasanov maydonda yo'qolib qolishdi. Ikkinchi taymda ular almashtirildi...

- Bu "Andijon" jamoasining xizmati deb o'ylayman. Ammo shunga qaramay Norxonovda 1-2ta vaziyat bo'ldi, o'sha vaziyatlarda "Andijon" posboni yaxshi o'ynadi. SHu bois bunda qo'rqinchli hech nima yo'q.

- Agar "So'g'diyona" ikkinchi o'rinni saqlab qolsa OCHLda ishtirok etishi mumkin. Jamoa bunga tayyormi?

- 100 foiz tayyor! Barcha tomonlama tayyormiz. Ammo dastlab o'sha yo'llanmani qo'lga kiritishimiz kerak, keyin bu haqda gaplashsak to'g'ri bo'ladi.

Reyting: -19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика