So’nggi yangiliklar

18:00"Барселона" Бельгияда мағлуб бўлмагани ҳам аслида бир мўъжиза  2 17:35Исмоил Акинаде: "Бутун эътибортимизни кейинги икки ўйинга қаратамиз ва плей-оффга чиқишга ҳаракат қиламиз"  2 17:04Гвардиола: "Агар яна 1-2 та ғалабага эришсак, умумий босқични кучли саккизликда якунлаймиз"  5 16:35Про лига. "ФарДУ" Нукусда қийин ғалабага эришди  1 16:22"Барселона" мухлислари автобуси ёниб кетди  0 15:46"Ливерпуль" қишда йирик трансферга қўл уради  3 15:13Про лига. 20-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  3 14:56Эшитдик-да! ЎФА қўмитаси "Навбаҳор"дан 3 очко олиб ташлади   20 14:34"Челси" ярим ҳимоячиси яна жароҳат олди  0 14:01Давид Райя — "Арсенал" тарихидаги энг яхши дарвозабон (Opta)  2 13:33ПСЖ Мендеш, Дуэ ва Дембеленинг ҳолати ҳақида маълумот берди  0 13:04"Коринтианс" Депайдан арзонроқ уйга кўчиб ўтишни сўради  2 12:36Лутфуллин бригадаси Миср – Венесуэла учрашувида ишлайди  0 12:09Испания терма жамоасининг ЖЧ-2026 учун уй либоси намойиш қилинди  3 11:35ФИФА "Тинчлик мукофоти"ни таъсис этди  5

Ulug'bek Baqoev: “SHirinboy Abdullaevni maydonga tushirishni reja qilgandik” Yangiliklar

Ulug'bek Baqoev: “SHirinboy Abdullaevni maydonga tushirishni reja qilgandik”

O'zbekiston Coca Cola Kubogining chorak finali doirasidagi “So'g'diyona” – “Qizilqum” (1:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida jizzaxliklar bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Juda qiyin o'yin bo'ldi. Sababi uchrashuv 17:00da boshlandi. Issiq havoda o'ynashimizga to'g'ri keldi. Qolaversa, “So'g'diyona” taqvimi biroz qiyin. CHempionat, kubok uOFK kubogi va yana chempionat bahslari. SHundan kelib chiqib tarkibdagi ritmni ushlab turish uchun, rotaciya qilyapmiz. Bugun ham shuni amalga oshirdik. 

Qolaversa, uchrashuv 120 daqiqa davom etgani ham og'irlik qildi. OFK kubogi o'yiniga qadar tiklanishga qiynalamiz.

Ikkita teng kuchga ega jamoa o'ynadi. Har birimizda ham etarlicha vaziyatlar bo'ldi. O'ylashimcha, durang adolatli bo'ldi. Penaltilar seriyasida omad bizga kulib boqdi. Buning uchun yigitlarga minnatdorchilik bildiraman. Mazkur muvaffaqiyat bilan jamoamiz muxlislarni tabriklayman. 

- SHirinboy Abdullaev penaltilar seriyasi uchun maydonga tushdi. Bu o'ylangan rejamidi?

- Ha, albatta. Bizda futbolchilar bo'yicha rejalar bo'lib kelgan. Bugun ham shuni reja qilgandik. Yani, majburiy o'zgarish bo'lmasa, penaltilar seriyasi uchun SHirinboyni maydonga tushirishni maqsad qilgandik. Murabbiylar shtabi Abdullaev penaltilar seriyasida qanday mahoratga ega ekanligini bilgandik. U bugun o'zini oqladi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика