So’nggi yangiliklar

02:36Камолиддин Тожиев: "Ўринбоевнинг таклифи бор. Насиб қилса, у кетади"  0 02:31Баҳром Ҳайдаров: "Бугунги натижа адолатли бўлди"  0 02:04КЖЧ. 7-дақиқадаёқ бир киши кам бўлиб қолган "Реал" "Пачука"га 3 та гол урди  126 00:35Погба янги клуби деярли маълум  2 23:50Элдор Мойлиев: "Вазиятни ўнглаш учун ютмасак бўлмасди"  2 23:31Февзи Давлетов: "Ўйин қизил карточкага қадар давом этди"  2 23:03КЖЧ. "Ювентус" "Видад"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Йилдиздан дубль  6 22:30Ильгиз Танташев клублар ўртасидаги Жаҳон чемпионатида навбатдаги ўйинга тайинланди  6 22:05Суперлига. "Шўртан" ўз майдонида бир киши кам "Сурхон" устидан иродали ғалабани тантана қилди  7 22:00Суперлига. "Пахтакор" ўз майдонида бир киши кам бўлиб қолган "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  71 20:58"Атлетико"га Парти керакмас  1 20:14Абдуқодир Ҳусановнинг Беларусдаги мураббийи Тошкентда мастер-класс ўтди  3 19:43Асқаров "Турон"ни тарк этди  1 18:51Моуринью АПЛ вингери билан шартнома имзоламоқчи  0 18:25Тожиев билан "Пахтакор" ютқазмаяпти, Сергеев тўхтамаяпти, “Қўқон-1912” эса Тошкентда ғалабани 30 йилдан бери кутяпти  5

Ulug'bek Baqoev: "Oxirgi 10ta o'yinda 4ta gol urdik? CHunki bizni hurmat qilishni boshlashdi" Yangiliklar

Ulug'bek Baqoev: "Oxirgi 10ta o'yinda 4ta gol urdik? CHunki bizni hurmat qilishni boshlashdi"

Superliganing 19-turidan o'rin olgan "Mashal" - "So'g'diyona" (0:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Ulug'bek Baqoev jurnalistlar savollariga javob qaytardi.




"Bugun gol urish uchun imkoniyatlar bo'ldi, gol o'tkazishimiz ham mumkin edi. Bazida faol, bazida passiv o'ynadik. Umuman olganda yaxshi o'ynadik. Durang bizni qoniqtirmasdi, ammo bu futbol va keyingi o'yinlarga tayyorgarlik ko'ramiz. Yigitlarimga o'yin uchun rahmat aytaman", - deydi Ulug'bek Baqoev.

- "Mashal" va "So'g'diyona" ketma-ket to'rtinchi o'yinda durang o'ynashdi. "Mashal" jamoaingiz uchun noqulay raqibmi?

- Balki shunday bo'lsa kerak. Qaysidir manoda siz haqsiz. Birinchi davrada 2:0 hisobida oldinda borgandik va yakunda durang bo'lgandi.

- Ikkinchi taymda jarohat olgan Daniel Nasriddinovning holati qanday?

- Hozir bir narsa deyish qiyin. Sababi tekshiruvdan o'tgani yo'q. Umid qilamizki uning jarohati jiddiy emas.

- "So'g'diyona" mavsumni ajoyib boshlagandi, ammo 9-turdan keyin hozirgacha atigi 4ta gol urdi xolos. Balki o'yin uslubingizni o'zgartirish vaqti kelgandir...

- Yo'q, bu o'yin uslubimiz bilan bog'liq emas. SHunchaki boshqa jamoalar bizga boshqacha ishtiyoq bilan tushishni boshlashdi. Bizni hurmat qilishgani yoqimli.

- Bugun jamoa ikki ochko yo'qotdimi yoki bir ochko oldimi?

- Agar hozir ikki ochko yo'qotdik desam mezbonlarni xafa qilgan bo'lardim. Durang bo'ldimi demak bu adolatli natija. Ikkala jamoa ham g'alaba uchun harakat qildi.

- Nasimov odatda zaxiradan so'nggi daqiqalarda maydonga tushayotgandi, bugun esa asosiy tarkibda tushdi...

- Buning hech qanday sababi yo'q. SHunchaki bugun uni asosiy tarkibga kiritdim. Bu futbol va unda kimdir zaxirada qolishi, kimdir asosiy tarkibda tushishi kerak.


Reyting: -7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика