So’nggi yangiliklar

00:46"Истиқлол" ўртоқлик ўйинида "Ал Ҳуссайн"га ютқазди. Ашурматов ва Машарипов майдонга тушишди  0 00:45"Атлетико" Бразилия клубидан 20 млн евролик трансферни амалга оширишга яқин  0 00:30"Андижон" клуби "Пахтакор"нинг уч нафар футболчисини ўз сафига қўшиб олганини эълон қилди  1 00:212026 йилги Жаҳон чемпионати чипталари қачон сотувга чиқиши маълум  0 23:55"Ньюкасл" Исак учун жуда катта сумма истамоқда. "Ливерпул"нинг “боши қотган”  2 23:35"Манчестер Сити" собиқ футболчиси Гвардиоланинг мураббийлар штабига қўшилди  2 23:05Расман: Карлуш Кейруш ЖЧ-2026 саралашининг сўнгги босқичида иштирок этувчи Осиё жамоасини бошқаради  10 22:55"Бавария" Диас бўйича "Ливерпул"га янги таклиф жўнатади  3 22:35"Барса" ўз ярим ҳимоячиси билан шартномани бекор қилмоқчи  0 22:10"Бавария" Эзе учун курашга қўшилди. Ҳужумчини "Арсенал" сотиб олмоқчи эди  0 21:45Диас "Ливерпул"дан норози. Клуб берган янги шартнома шартлари футболчига ёқмаган  1 21:20"Айнтрахт" "Нюкасл"нинг Экитике бўйича берган катта суммали таклифини рад этди  0 21:08Туғилган кундаги машғулот: U-23 терма жамоаси йиғинларни бошлади  0 20:35"Навбаҳор"га ФИФА тақиқи қўйилган. Клуб айни дамда янги футболчиларни рўйхатдан ўтказа олмайди  16 20:05"Манчестер Юнайтед" "Лион" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  2

Ulug'bek Baqoev: "Musobaqa jadvali nuqtai nazaridan 3 ochko qo'lga kiritganimizdan xursandman" Yangiliklar

Ulug'bek Baqoev: "Musobaqa jadvali nuqtai nazaridan 3 ochko qo'lga kiritganimizdan xursandman"

Superliganing 20-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Metallurg" (2:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev o'z fikrlarini bildirdi.





"Musobaqa jadvali nuqtai nazaridan 3 ochko qo'lga kiritganimizdan xursandman. O'yin tomonlama esa bazida "portlaymiz", bazida to'xtaymiz... Futbolda gol urish va to'p o'tkazib yubormaslik muhim", – deydi Ulug'bek Baqoev. 

- O'tgan turda jarohat olgan Nasriddinov va Qulmatovning holati qanday? 

- Menimcha, Daniel Nasriddinov va Sardor Qulmatov 2-3 haftani o'tkazib yuboradi. Bugun ham ikkita jarohat bo'ldi. Umid qilamanki, ular tezda safga qaytishadi. 

- Keyingi turdagi raqib "Andijon" so'nggi paytda juda yaxshi o'ynamoqda...

- Har bir jamoaning o'z maqsadi bor: "Andijon" ligada qolish uchun, biz esa medallar uchun kurashyapmiz. Qiziqarli o'yin bo'ladi. Tayyorgarlik ko'ramiz va uyog'ini vaqt ko'rsatadi. 

- CHempionat tugashiga 6ta tur qoldi. Jamoangiz OCHLga yo'llanma olishiga qanchalik ishonyapsiz? 

- Albatta, murabbiylar shtabi futbolchilarga ishonadi. Bu futbol, unda kutilmagan natijalar bo'lib turadi. Umid qilamizki, hammasi yaxshi bo'ladi va muxlislarni xursand qilishda davom etamiz. Eng asosiysi, klub rahbariyati bizni qo'llab-quvvatlab tursa bo'lgani.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика