Ulug'bek Baqoev: “Metallurg” o'z mavqeini tiklab oladi"
30 apr 2017 17:29
Yangiliklar
Ulug'bek Baqoev: “Metallurg” o'z mavqeini tiklab oladi"
“Metallurg” – “Buxoro” jamoalari uchrashuvidan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi o'yin haqidagi o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Ulug'bek Baqoev, “Buxoro” FK bosh murabbiyi: - “Metallurg” hamisha shiddatli o'yinlari bilan raqiblariga etarlicha tashvish tug'dirib kelgan. SHu boisdan ham biz bekobodliklarning bu yilgi o'yinlarini yaxshilab o'rgandik hamda Bekobodga puxta tayyorgarlik bilan keldik. Mehnatlarimiz samarasiz ketmadi. O'ylaymanki, ishonarli g'alabaga erishdik. Bu yutuq bilan “Buxoro”ning barcha muxlislarini tabriklayman. Futbol shunday jarayonki, u bir joyda to'xtab turmaydi. Hamisha izlanishni, tinimsiz mehnatni talab etadi. Uchrashuvda futbolchilar bor kuch va mahoratlarini ishga solishsa, ishtiyoq yuqori bo'lsa, o'shanda natija ham kelaveradi. Mening nazarimda “Metallurg” egallab turgan o'rin ularga mos emas, bekobodliklar omadsizlik yo'lagidan chiqib keta olmayapti. Ishonamanki, jamoa hali o'z o'yinlarini, ochkolarini topadi va mavqeini tiklaydi.
"Metallurg" matbuot xizmati
"Metallurg" matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar