So’nggi yangiliklar

19:43Асқаров "Турон"ни тарк этди  0 19:10Суперлига. "Шўртан" – "Сурхон". Таркиблар маълум  0 19:02Суперлига. "Пахтакор" – "Қўқон-1912" (матнли трансляция)  2 18:51Моуринью АПЛ вингери билан шартнома имзоламоқчи  0 18:25Тожиев билан "Пахтакор" ютқазмаяпти, Сергеев тўхтамаяпти, “Қўқон-1912” эса Тошкентда ғалабани 30 йилдан бери кутяпти  4 18:22"Арсенал" "Реал" хавбекига қизиқишни тиклади  2 17:58"Барселона" Араухо бўйича қарор қабул қилди  1 17:28"Ювентус" хавбеки АПЛга йўл олиши мумкин  0 17:01"Байер" "Ливерпуль" футболчисини 30+5 млн фунт эвазига трансфер қилмоқда  1 16:38Деку: "Нико Уильямс "Барселона"га ўтмоқчи. Биз у билан шартнома имзолашга ҳаракат қиламиз"  0 16:13"Навбаҳор" ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 15:51Пеп "Ман Сити"нинг совринсиз мавсуми ҳақида: "Сиз буни хоҳлаган бўлардингиз, лекин бу ҳақиқат эмас. Англия Суперкубогини қўлга киритдик! Бу етарли эмас, лекин биз ютдик"  2 15:23Гулер: "Алонсо қўл остида ўзимни "Реал"нинг муҳимроқ футболчиси сифатида ҳис қиляпман"  2 14:58"Челси" Жексон бўйича қарор қабул қилди  4 14:27"Арсенал" Хато билан музокара ўтказди  4

Ulug'bek Baqoev: "Iordaniyadan o'tish uchun bor kuchni ishga solamiz" Yangiliklar

Ulug'bek Baqoev: "Iordaniyadan o'tish uchun bor kuchni ishga solamiz"

2 sentyabrdan boshlab milliy terma jamoamiz to'liq tarkib bilan Iordaniyaga qarshi tayyorgarlikni davom ettirdi.
3 sentbyardagi mashg'ulotlar kechki payt “Jar” stadionida o'tkazildi. Bir yarim soat davom etgan mashg'ulotdan so'ng bizda Ulug'bek Baqoev bilan suhbat qilish fikri tug'ildi. Nega aynan Baqoevligini intervyuni o'qigach bilib olishingiz mumkin.
 
-   Ulug'bek aka, Iordaniya bilan o'yinga tayyorgarlik qanday ketyapti?

-   1 sentyabr kuni Qozog'iston chempionatida o'yinimiz bo'ldi. O'yinni o'tkazgach, ertasi kuni Toshkentga keldim. Bugundan esa terma jamoa mashg'ulotlariga kirishdim. Bo'lajak bahsga tayyorgarlik yaxshi ketyapti. Hammaning kayfiyati yuqori va hammaning miyasida bir fikr mavjud: nima qilib bo'lsa-da Iordaniya to'sig'idan o'tish.

-   Muxlislarimiz ikki o'yin natijasiga ko'ra Iordaniyani mag'lub etishimizga shubha qilishmayapti. Lekin keyingi bosqichda Janubiy Amerika vakili bilan to'p surish...

-   Keling, oldinlab ketmaylik. Avval Iordaniya masalasini hal qilaylik, undan keyin nima bo'lishini vaqt ko'rsatadi.

-   Hozirgi Iordaniya haqida qanday fikrdasiz?

-   Ular ham. Biz ham guruhda uchinchi o'rinni egalladik. Albatta, bizda birinchi yo ikkinchi o'rin bilan to'g'ridan to'g'ri jahon chempionatiga borish imkoniyati bor edi. Ammo so'nggi turda Janubiy Koreyaning kutilmaganda o'z uyida Eronga imkoniyatni boy berishi hammasini chippakka chiqardi. Iordaniya – jiddiy raqib va ulardan o'tish oson bo'lmaydi.

-   2011 yilgi Osiyo chempionatida aynan sizning ikki golingiz Iordaniyaga qarshi o'yinda terma jamoa uchun yarim final eshigini ochgandi. Bu o'yin hozircha Iordaniyaga qarshi oxirgi rasmiy bahsimiz bo'lib turibdi.

-   Bunday o'yinlarni unutib bo'larkanmi. Albatta, o'sha bellashuv va ikkita golim kechagidek esimda. O'shanda 2-raqamda maydonga tushgandim. O'shanda ham iordaniyaliklar bizga jiddiy qarshilik ko'rsatishgandi. Bu safargi to'qnashuvning ham oson kechmasligi aniq.

-   Asosiy tarkibda maydonga tushishga tayyormisiz?

-   Buni bosh murabbiy hal qiladi. O'zimga qolsa har doim asosiy tarkibda to'p surishga tayyor turganman.

Xayrulla XOLIQOV suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика