Ulug'bek Baqoev: "Ikkita mag'lubiyatdan so'ng bizga g'alaba zarur edi"
18 may 2022 21:47
Yangiliklar


Ulug'bek Baqoev: "Ikkita mag'lubiyatdan so'ng bizga g'alaba zarur edi"
O'yin haqida
- Ketma-ket ikki o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng bizga g'alaba zarur edi. Bugun yigitlarga sifatli o'yin uchun minnatdorchilik bildiraman. Har ikki bo'limda ko'rsatgan o'yinimizdan qoniqdim.
- O'tgan o'yin yakunida istefo so'ragandingiz. Bu haqiqiy qaroringiz edimi yoki o'yin emociyasida aytilgan fikrmidi?
- Oldimizda sovrinlar uchun kurashish vazifasi turibdi. Natija men uchun juda muhim. Hozir ishlayapman, demak murabbiylik faoliyatim davom etadi.
- Xislat Xalilovning o'yiniga qanday baho berasiz?
- U yaxshi futbolchi, sifatli o'yin namoyish etadi. Qaysi futbolchini munosib deb hisoblasak jamoaga taklif etamiz. Bugun butun jamoa yaxshi o'ynadi.
- O'tkazib yuborilgan ikkinchi golda darvozabonning aybi bor deb hisoblaysizmi?
- O'yinni qayta ko'rib chiqib tahlil qilamiz. Hozir bu borada biron fikr aytish qiyin. Gol o'tkazdikmi, demak butun jamoaning aybi bor.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar