So’nggi yangiliklar

13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  1 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  0 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  3 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  1 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  5 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  2 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  0 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  6 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  7 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  5 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  13 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  3 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  10

Ulug'bek Baqoev: "Hisobda oldinda borganimizni inobatga olsak, natija salbiy" Yangiliklar

Ulug'bek Baqoev: "Hisobda oldinda borganimizni inobatga olsak, natija salbiy"

Superliganing 3-turi doirasida "Qizilqum"ga qarshi o'yindan keyin "So'g'diyona" bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev o'z fikrlarini bildirdi.





- O'yin teng kurashlar ostida o'tdi. Birinchi bo'limda ham, ikkinchi bo'limda ham jamoalarda yaxshi vaziyatlar yuzaga keldi. O'yinda birinchi bo'lib gol urganimizni, hisobda oldinda borayotganimizni inobatga olsak, natija qoniqarsiz. Bu futbol. Hisob tenglashganidan keyin "Qizilqum" ham, "So'g'diyona" ham gol urib ketishi mumkin edi. SHu boisdan aytishim mumkin, natija adolatli. O'yinga o'zlarini bahsh qilganlari uchun shogirdlarimga rahmat aytaman. SHuningdek, "Qizilqum"ga omad tilab qolaman.

- "Qizilqum"ga qarshi o'yinga tayyorgarlik qanday bo'ladi? "Buxoro"da ishlab yurgan paytlaringizda ketma-ket ikki mavsum davomida "Qizilqum"ni mag'lub etgansizlar? Buning siri bormi?
- To'g'risini aytganda, biz raqibdan kelib chiqib o'yinga tayyorlanamiz. Agarda ahamiyat bergan bo'lsangiz, biz o'yinni boshqacha taktik sxemada boshlagandik. Ammo futbolchimiz jarohat olganidan so'ng o'yinni boshqatdan qurishga to'g'ri keldi. "Qizilqum" ham yaxshi jamoa. Menimcha, ushbu mavsumda jamoa turnir jadvalida yuqori o'rinlarda bo'ladi.

- Elyor Oripovning o'yinidan ko'nglingiz to'ldimi?
- Barcha futbolchilarimdan mamnunman va ularning o'yinlaridan ko'nglim to'ldi.

- U o'yin davomida juda ko'p etirozlar bildirdi.
- Bu futbol. Unda hissiyotlar jo'sh uradi, u o'z futbolchilariga gapirib turdi, holos.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика