Ulug'bek Baqoev: "CHetlatish "Bunyodkor" foydasiga bo'ldi"
25 noy 2020 19:07
Yangiliklar


Ulug'bek Baqoev: "CHetlatish "Bunyodkor" foydasiga bo'ldi"
"Yaxshi o'yin namoyish etdik. O'yin bo'yicha futbolchilarimga etiroz yo'q. CHetlatish "Bunyodkor" foydasiga bo'ldi, ularni g'alaba bilan tabriklayman", – deydi Ulug'bek Baqoev.
"So'g'diyona" hozir turnir jadvali o'rtalarida bormoqda. O'tgan mavsum 4-o'rinni olgan edi. Buni pasayish desak bo'ladimi?
Maqsadimiz ulkan edi. Mavsum boshi va o'rtalarini tahlil qilib ko'radigan bo'lsak, uyda va mehmondagi o'yinlarda ko'p ochko yo'qotdik. SHu bois biz hozir siz ko'rib turgan o'rinda bormoqdamiz.
Milan Mitrovichning holati qanday?
U koronavirus bilan kasallandi va davolandi. Darvozaga SHirinboy Abdullaevni qo'yyapmiz. Menimcha, u darvozani yaxshi qo'riqlamoqda. Milanga ham, SHirinboyga ham etirozimiz yo'q.
Kubok bahslari dekabr oyida bo'lib o'tadi. Jamoa jismoniy tarafdan tayyor bo'ladimi?
Bularning bari ob-havoga bog'liq bo'ladi. Yigitlarga sovuq havoda o'ynash qiyinchilik tug'diradi, chunki biz bunga ko'nikmagandik, lekin hammasini vaqt ko'rsatadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar