So’nggi yangiliklar

00:30Левандовски: "Мбаппе - "Барселона" учун қўшимча мотивация"  2 00:00Назорат учрашувида "Пахтакор" "Машъал"га мағлуб бўлди  1 23:45"Челси" билан музокара ўтказган Кьеза "Тоттенхэм"га ўтиши мумкин  0 23:11"Арсенал" ҳужумчи борасида яна Италия клубига мурожаат қилди  1 22:44Мбаппе Франция клубининг бошқарув акциялари пакетини сотиб олади  0 21:55"Насаф" яна бир трансфер ҳақида эълон қилди  4 21:35"Арсенал" 45 млн. еврога ҳимоячи сотиб олди  2 21:23Клейди Даци - ОКМК футболчиси  5 21:14"Фулхэм" 34 млн. фунт эвазига "Арсенал" футболчисини сотиб олади  1 20:45"Барселона" футболчиси "Ал Ҳилол" таклифини рад этди  1 20:14Абдураимов "Нефтчи"га ўтди  2 20:00"BMW" Мбаппега машина совға қилди, лекин...  4 19:39ЎФА Остон Ўрунов ўрнига бошқа футболчини жалб этиш бўйича сўров юборди  39 19:36"Кейлор Навас — "Монца" футболчиси!"  4 19:16"Комо" "Бавария"нинг ёш иқтидори билан шартнома имзолади  1

Ulug'bek Baqoev: "Buxoro"da qolamanmi? SHartnomam yil yakunida tugaydi..." Yangiliklar

Ulug'bek Baqoev: "Buxoro"da qolamanmi? SHartnomam yil yakunida tugaydi..."

"Buxoro" bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev "Lokomotiv"ga qarshi kechgan uchrashuvdan keyin o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.


- To'g'risini aytsam, birinchi bo'limning dastlabki 15 daqiqasida nima ruy berganini tushunmadim. "Lokomotiv" haqli tarzda g'alaba qozondi. Ularni bu bilan tabriklayman. Ikkinchi taymda esa o'yin teng kurashlar ostida kechdi.
Darvozabon? Ikkita goldan keyin Tursunboev ruhan sindi va shu boisdan uni almashtirishga qaror qildim.

Bugun himoyadan o'yin tashkil qildik. CHunki "Lokomotiv" yuqori salohiyatli jamoa. Hozirgi kunda biz "Loko"ga qarshi hujumkor futbol o'ynashga tayyor emasmiz. Ayni paytda kuch jihatdan ular bizdan ustun.

Kelajak haqida hali o'ylab ko'rganim yo'q. Mavsum tugagach bu haqda o'ylab ko'ramiz. Jamoada qolamanmi? Bilmadim. SHartnomam yil yakunida nihoyasiga etadi. Klub rahbariyati bilan bu borada gaplashib olamiz.

CHempionatda kim ikkinchi o'rinni egallaydi? Siz meni taxminimni bilmoqchimisiz? To'g'risi, men ikkinchi o'rin uchun kurashdagi raqobat haqida fikr bildirgim kelmayapti.

Menga qaysi hujumchilar yoqadi? Igor Sergeev men yoqtirgan hujumchilar sirasiga kiradi. U nafaqat gollar uradi, balki maydonda keng ko'lamdagi ishni bajaradi. SHuningdek, Bahodir Nasimov ham yaxshi hujumchi.


Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика