Ulug'bek Baqoev: "Birinchi taymda ikkala jamoa ham yuqori saviyada o'ynay olmadi"
11 sen 2021 21:45
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/657357_original.jpg)
![](/upload/storage/657357_220.jpg)
Ulug'bek Baqoev: "Birinchi taymda ikkala jamoa ham yuqori saviyada o'ynay olmadi"
Superliganing 17-turidan o'rin olgan "Surxon" - "So'g'diyona" (0:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Ulug'bek Baqoev o'z fikrlarini bildirdi.
"Ko'rdingiz, Termizda juda ham issiq ob-havo hukmronlik qilyapti. Birinchi taymda "Surxon" ham, "So'g'diyona" ham qiynaldi. Bir oz past saviyada o'ynadik. Ikkinchi taymda havo bir oz yaxshilandi, shundan keyin o'yinimizda ijobiy o'zgarish kuzatildi. Bugun asosiysi, uch ochko oldik. Endi keyingi o'yinlarga tayyorgarlikni boshlaymiz. "Surxon" jamoasiga navbatdagi bahslarda omad tilayman", – deydi Ulug'bek Baqoev.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar