So’nggi yangiliklar

08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  1 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  3 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  9 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  34 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  3 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  2 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  13 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  4 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  2 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2

Ulug'bek Baqoev - "Avtobus" himoya, Sahob Rashidov va hakamlar haqida Yangiliklar

Ulug'bek Baqoev - "Avtobus" himoya, Sahob Rashidov va hakamlar haqida

"So'g'diyona" - "Andijon" (1:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Ulug'bek Baqeov o'z fikrlarini bildirdi.

"Ikkita g'alabadan keyin qoniqarsiz natija qayd etdik. Barcha o'yinni yutib bo'lmaydi. Hakam hushtagi chalinguniga qadar o'ynash kerak. Barcha yigitlarga o'yin uchun rahmat, keyingi o'yinlarga tayyorgarlikni boshlaymiz", - deydi Ulug'bek Baqoev.

- "So'g'diyona" himoyada ancha tartibli o'ynamoqda. Jamoa himoyasida "avtobus" borligi haqida fikrlar bor. Bunga qanday qaraysiz?

- Bugun "avtobus" bo'lmadiku, ikki hujumchi bilan o'ynadik. SHunchaki gol urganimizdan keyin himoyaga ko'proq etibor qildik va bir hujumchi bilan harakat qildik. Bugun himoyadan o'ynashga majbur qiladigan raqib bilan o'ynamadik.

- Hakamlarga etirozingiz bormi?
- Yo'q. SHunchaki o'yin paytida ehtiroslar jumbushga keladi. Hakamlarga bugungi o'yin uchun rahmat.

- Sahob Rashidov haqida qanday fikrdasiz, qachon uni asosiy tarkib hujumchisi sifatida ko'ramiz?

- (kuladi) O'tgan yil uni maydonga tushirganimda nega uni tushirayapsiz deb so'rashgandi. Endi nega tushirmayapsiz deyapsiz. Vaqti kelsa barcha yoshlarni maydonga tushiramiz. Uni kuzatib borayapman, Sahob U-21 Birinchiligida 8 yoki 9ta gol urdi. Nafaqat unga, boshqa yoshlarga hali imkoniyat beramiz.

- Zaxiradan maydonga tushgan o'yinchilar o'yinni kuchaytirishdimi?

- Albatta. Biz darhol gol urdik, o'yin jonlandi. SHunchaki o'yin oxirida konsentraciyani yo'qotib qo'ydik. Futbolchilarga etirozim yo'q, bu futbol. Raqib chiroyli gol urdi.




Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика