Ulug'bek Bakaev: "Vaziyatlardan foydalana olmaslik mag'lubiyatga sabab bo'ldi"
13 iyu 23:01
Yangiliklar
Ulug'bek Bakaev: "Vaziyatlardan foydalana olmaslik mag'lubiyatga sabab bo'ldi"
Pro liganing 12-turidan o'rin olgan "Mashal" - "Buxoro" (1:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ulug'bek Bakaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- O'yin haqida...
- Og'ir o'yin o'tkazdik. "Mashal" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Birinchi bo'limda o'yinimiz unchalik chiqmadi. Ikkinchi bo'limda hujumkorlikni oshirdik. Imkoniyatlarimiz bo'ldi, foydalana olmadik. Bugungi mag'lubiyatga sabab bo'lgan yagona jihat shu, vaziyatlarni golga aylantira olmaslik.
- Legionerlar ko'rsatgan o'yindan qoniqish hosil qildingizmi?
- Bu futbol, unda g'alaba ham, mag'lubiyat ham bo'ladi. Oldinda mavsumning uzun qismi bizni kutib turibdi. Har kim uchun o'zini ko'rsatishga etarlicha vaqtimiz bo'ladi.
- Zaxiradan qo'shilgan futbolchilar o'zini oqladimi?
- Mag'lubiyat bo'lganda, hammada o'xshamagandek ko'rinaveradi. Zaxiradan qo'shilganlar yomon o'yin ko'rsatishdi, deb hisoblamayman.
Fikrlar
Yaxshi uynab yutqissayam odamga a'lam qimaydida
Yarim soat kòpchilokda uynabam birorta vaziyat bòlgani yuq Mashal darvozasi oldida
Xullas bu Ulug deganlari borib òzini biznezcgasini qilsin
Murabbiylik bu hezalakka emas
Hezalaklar uyinni toshkentda qilib nima qilasan
Haqiqiy ahvollaring shu keyingi tirda Aralam qoqib ketadi sanlani