So’nggi yangiliklar

09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  0 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  3 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  2 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  8 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  34 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  3 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  13 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  4

Ulug'bek Bakaev: "O'g'lim terma jamoaga chaqirilishi mumkinmi? Barchada imkoniyat bor" Yangiliklar

Ulug'bek Bakaev: "O'g'lim terma jamoaga chaqirilishi mumkinmi? Barchada imkoniyat bor"

Pro liganing 2-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Buxoro" uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ulug'bek Bakaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Bellashuv qiyin bo'lishini bilardik, chunki "Qo'qon-1912" Superligaga yo'l olish uchun asosiy davogarlardan biri sanaladi. SHu bois, o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rdik. 

O'yin shuni ko'rsatdiki, ikkala jamoa ham g'alaba qozonishi mumkin edi. Durang ham bo'lishi mumkin edi. Ammo biz raqib darvozasini ishg'ol qildik va himoyada tartibli o'yin namoyish etdik. Yigitlarga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Fursatdan foydalanib, O'zbekiston xalqini kirib kelayotgan Navro'z bayrami bilan tabriklayman.

Biz G'uzorda gol urishimiz mumkin edi. O'tkazib yuborgan vaziyatlarimiz ham bo'ldi. Bugun ham shunday holat kuzatildi. "SHo'rtan" ham, "Qo'qon-1912" ham o'z taktik sxemasida o'ynaydi. Har bir murabbiyning o'z taktikasi, falsafasi, qarashlari bor. Ikkala raqibni solishtirganda, "Qo'qon-1912" ko'proq yoqdi, ular yuqori darajadagi jamoa. O'ylaymanki, ular o'z oldiga qo'ygan maqsadiga erishadi.

O'tgan mavsum quyi ligaga tushib ketdik. Bundan ko'rinadiki, jamoamiz kuchsiz edi. Joriy yil klub rahbariyati Superligaga chiqish vazifasini qo'ygan. O'ylaymanki, har bir o'yinga intizom bilan yondashib, har bir raqibni hurmat qilib, fidoyilik ko'rsatib, xalqimiz, “Buxoro” muxlislari va rahbariyat oldidagi vazifalarni uddalaymiz.

O'g'lim O'zbekiston terma jamoasiga chaqirilishi mumkinmi? Amir hozirda Belarusda o'ynaydi. Terma jamoa safiga kirish uchun har kimda imkoniyat bor. Barchasi fidoyilikka, sabr-toqatga, mehnatga bog'liq. Agar inson harakat qilsa, mehnatsevar va sabrli bo'lsa, omad hamisha u tomonda bo'ladi. Har bir futbolchi terma jamoada o'ynashni xohlaydi, biroq bu hammaga ham nasib etavermaydi. Eng muhimi, terma jamoamiz o'z oldiga qo'yilgan vazifani uddalagan holda jahon chempionatiga yo'l olishi hisoblanadi", dedi buxoroliklar ustozi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика