So’nggi yangiliklar

21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  0 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  0 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  1 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  9 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  2 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  4 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  13 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  19 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  5 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  7 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  8 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  1

Ulug'bek Bakaev: "Endi bor etiborimizni ligadagi o'rnimizni saqlab qolishga qaratamiz" Yangiliklar

Ulug'bek Bakaev: "Endi bor etiborimizni ligadagi o'rnimizni saqlab qolishga qaratamiz"

O'zbekiston kubogi 1/8 finalidan o'rin olgan "Nasaf" – "Buxoro" uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ulug'bek Bakaev matbuot anjumanida qatnashdi


- O'yin haqida

- Guvohi bo'ldingizlar bugun qiziqarli o'yin bo'lib o'tdi. “Nasaf”  amaldagi kubok sohibi va yuqori  maqsadlarga ega bo'lgan jamoa. Qanotlardan yaxshi harakatlanadi va shu tufayli bugun bosh bilan 4-ta gol o'tkazib yubordik. Muxlislarga bugungi o'yin yoqdi deb o'ylayman. Kuchli jamoaga munosib qarshilik ko'rsatgan o'z futbolchilarimga o'yin uchun minnatdorchilik bildiraman. “Nasaf” jamoasini keyingi bosqich yo'llanmasi bilan tabriklayaman. 

- “Buxoro” jamosining maqsadlari qanday? 

- Jamoamiz kubokda uzoqroqqa borishni maqsad qilgan edi, endi bor etiborimizni ligadagi o'rnimizni saqlab qolishga qaratamiz.

- Ikkinchi davra oldidan bir qator yangi futbolchilar jamoaga jalb qilindi, umuman olganda o'zingiz istagan barcha futbolchilarni olib keldingizmi? 

- Yoq. Imkon qadar foydalandik. 70% o'zim istagan yigitlarni olib keldim. Bu borada reglament ham bor edi. Asosan U-20 o'yinchilarini olib kelsin. Yoshlarga o'zini ko'rsatishi uchun imkoniyat beramiz. Nasaf klubidan ham 2 nafar yosh o'yinchilar taklif etildi 

- Turon bilan o'yindagi Buxorodan bugun butunlay boshqa jamoani ko'rdik. O'tgan turdagi o'yindan qanday xulosalar olindi? 

- Buxorodagi o'yinda biz 15-daqiqadan 1 kishi kam bo'lib harakatlandik. Avvalgi uchrashuvda ham oxirgi daqiqalarda to'p o'tkazib yubordik va bugun ham. Jamoamizda koncentraciya etishmayapti, bu borada ham ishlar olib boramiz

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика