Ulkan orzular og'ushida
29 jan 2014 16:58
Yangiliklar
SHunga monand ravishda, joylarda faoliyat yuritayotgan futbol maktablarida ham talantli va mahoratli yosh futbolchilar talim va tarbiya olishib, etishib chiqa boshlashdi.
Biz saytimiz orqali ana shunday yosh va kelajagi porloq yosh futbolchilar haqida alohida sahifa qilib, ular haqida turkum maqolalar berib borishni anchadan bo'yon niyat qilamiz-u, ammo bunga har doim ham imkoniyatimiz etavermaydi. SHunday bo'lsada, bu ishga bugun qo'l urdik.
Afsuski, bizda rivojlangan mamlakatlardagidek yosh futbolchilarni tanlash yoki ularni biron bir jamoaga tavsiya qilish ishlari hali ko'ngildagidek yo'lga qo'yilmagan, balki bu ish hozircha o'zaro tanish-bilishlik orqali amalga oshiriladi. Yo'q, biz buni tanqid qilishdan yiroqmiz. Albatta, kelajakda bu ish ham bizda rivojlanadi, bunga aslo shubha qilmaymiz. Biz bir narsaga qattiq ishonamizki, bizda ham talantlar g'ij-g'ij ammo shu talantlarning hammasida ham tanish-bilishlar yo'q. Oqibatda shunday talantli yoshlar bazan nazardan chetda qolib, oxir-oqibat futboldan boshqa sohaga o'tib ketishga majbur bo'lishadi. Ana shunisi juda achinarli holat.
Biz quyida bir yosh futbolchi haqida qisqacha hikoya qilmoqchimiz. Uning orzulari juda katta. Umid qilamizki, bu yosh futbolchining kelajagi porloq va albatta katta futbolda o'zini ko'rsatadi. Zero, orzuga ayb yo'q.
Xudoynazarov Qobilbek, 1996 yil 24 yanvarda Qashqadaryo viloyati, SHahrisabz shahrida ziyoli oilada tavallud topgan. O'tgan yil Muborakdagi “Mashal” futbol akademiyasini tamomlagan. Bo'yi 1.73 m. Vazni 63 kg. CHap qanot ximoyachisi mahoratini egallagan.
Yosh futbolchi o'zi haqida shunday hikoya qiladi: - “futbolga qiziqishim 5 yoshimdan boshlangan. Menda futbolga mehr o'yg'onishida dadam sababchi bo'lganlar, u kishi iloji bo'lsa, bironta futbol uchrashuvini o'tkazib yubormaydilar, shundan bo'lsa kerak meni kelajakda futbolchi bo'lishimni juda hohlaydilar. Bu albatta bolaligimdan menda futbolga qiziqish paydo qilgan. Mahallamizdagi tengdoshlarim bilan futbol o'ynash eng sevgan mashg'ulotimga aylandi. O'shandan so'ng dadam meni “Xisor” stadioniga olib bordilar va O'ktam Xudoyberdiev qo'llariga topshirdilar. O'ktam akadan ancha narsalarni va dastlabki futbol sir-asrorlarini o'rgana boshladim. 2009 yili “Mashal” futbol klubining etuk mutaxassislari ko'rigidan o'tib, “Mashal” futbol akademiyasiga o'qishga qabul qilindim. U erda men o'z tengdoshlarim qatorida o'z kasbining mohir ustalari bo'lmish murabbiylar qo'lida futbol sirlarini o'rgana boshladim. “Mashal” futbol akademiyasida menga murabbiylarim J.Botirov, J.Saidov, V.Keldiev, E.Rapatov, N.SHoimovlar futbol sirlarini mehr bilan o'rgatdilar. o'qish jarayonida biz guruhimiz bilan Qozog'istonning Qaratau shahrida, Rossiyaning Anapa shahrida bo'lib o'tgan futbol musobaqalarida ishtirok etib, faxrli I,II o'rinlarni egallaganmiz.
Eng yaxshi ko'rgan futbolchim, “Barselona” klubi himoyachisi - Karles Puyol. O'zimizning futbolimizda yorqin o'yin ko'rsatib kelayotgan, “Nasaf” jamoasi azosi – SHuhrat Muhammadievdir, men ularga juda havas qilaman va shunday futbolchilardek bo'lishga harakat qilaman. Orzuim katta futbolga kirish va kelajakda terma jamoamiz safida ona Vatanim sharafini himoya qilsam, deyman”
Orzuga ayb yo'q, deydilar. Biz ham Qobilbekka “orzularingiz amalga oshsin deymiz”, deymiz. Kelgusida mamlakatimiz futbol maydonlarida javlon urib, etakchi futbolchilar safida ko'rishni niyat qilib qolamiz.
Ziyodulla Safarov tayyorladi.

Fikrlar