Uli SHtilike: "Futbolchilar O'zbekiston bilan o'yin masuliyatini tushunib turishibdi"
14 noy 2016 13:35
Yangiliklar
Uli SHtilike: "Futbolchilar O'zbekiston bilan o'yin masuliyatini tushunib turishibdi"
Janubiy Koreya - O'zbekiston uchrashuvidan oldin ikkala jamoa ustozlari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Mezbonlar ustozi Uli SHtilike quyidagi fikrlarni bildirdi.
"Ertangi o'yinga ko'p narsa bog'liq. So'nggi bosqichda har bir o'yin qiyin kechmoqda. Bir maromda harakat qilishda davom etishimiz kerak. O'zimizga ishonchni oshirib borishimiz kerak.
O'zbekiston oxirgi 5ta o'yinda faqat Eron bilan o'yinda bitta gol o'tkazdi. Iordaniya bilan o'yinda kichik hisobda g'alaba qozonishdi. Ularning himoya chizig'i mustahkam. Menimcha Kanadaga qarshi o'yindagi kabi o'ynay olsak hammasi joyida bo'ladi. Kanada bilan uchrashuvda hujumda ham, himoyada ham yaxshi harakat qildik.
Bizning futbolchilar bo'lajak o'yinga mutlaqo tayyorlar, ham ruhan, ham jismonan. Barcha O'zbekiston bilan o'yin masuliyati haqida juda tushunib turibdi", - deydi SHtilike yonhapnews.co.kr nashriga.
Fikrlar