So’nggi yangiliklar

00:32Расман: "Милан" Павлович трансферини эълон қилди  1 00:01"Атлетико" "Барселона" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 23:31ЕЧЛнинг янги формати тасдиқланди: анъавий гуруҳ босқичи ўтмишга айланди, қуръани махсус компьютер ўтказади  9 22:30Аёллар футболи афсонаси Марта ўзининг Олимпиададаги катта эҳтимол билан сўнгги ўйинида қизил карточка олди  1 21:43Расман: АПЛ "Манчестер Сити"ни жаримага тортди  2 21:18Килиан Мбаппе ўзи ўйнаган клубни расман сотиб олди  2 20:49Юрген Клопп қачон мураббийликка қайтиши ҳақидаги саволга жавоб қайтарди  3 20:25Расман: "Насаф" сербиялик вингер трансферини эълон қилди  8 19:46Суперлигада тоза ўйин вақти ошди  6 19:20"Боруссия" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олади  0 18:43Расман: U-20 Осиё кубогида чемпион бўлган футболчимиз легионерга айланди  8 18:18Флик "Барса" ҳақида: "Манчестер Сити"дек иш тутмоқчимиз"  0 17:41"Барселона" Европа чемпионининг трансфери устида ишлашни бошлади  3 16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  8 16:11Ўзбекистон терма жамоаси амалдаги Жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  9

Ular yangicha rolda jahon chempionatiga borishadi FOTO Yangiliklar

Ular yangicha rolda jahon chempionatiga borishadi FOTO

Teglar :  JCH-2018Yulduzlar
O'z vaqtida jahon chempionatida ishtirok etib, kerak bo'lsa jahon chempionatida g'olib chiqqan ko'plab yulduzlar endilikda murabbiy sifatida o'zlarini sinab ko'rishmoqda.

Quyida avvalgi mundiallarda yaxshi tasassurot qoldirib, muxlislar mehrini qozongan bazi sobiq futbolchilarning Rossiyada bo'lib o'tadigan jahon chempionatiga yangicha rolda borishlarini keltirib o'tamiz.

Terri Anri (Franciya)
1998 yilgi jahon chempionati g'olibi Terri Anri bu safar mundialga Belgiya terma jamoasida yordamchi murabbiy sifatida boradi. Anri shuningdek, 2002, 2006 va 2010 yillardagi mundiallarda ham ishtirok etgan. U hozirda Roberto Martinesga yordam berib kelyapti.


Miroslav Kloze (Germaniya)
Germaniya terma jamoasining afsonaviy to'purari Miroslav Kloze o'z faoliyatini yuqori notada tugatdi deya olamiz. U JCH-2014da bosh sovrinni qo'lga kiritishdan tashqari barcha JCHlarda eng ko'p gol urgan futbolchiga aylandi - 16ta gol. 2016 yil futbolchilik faoliyatiga yakun yasagan Kloze Yoaxim Lyov shtabidan joy oldi.


Dide Desham (Franciya)
JCH-98da terma jamoa sardori sifatida Franciyaning yutug'iga katta hissa qo'shgan Dide Desham murabbiylik faoliyatini allaqachon boshlab yuborganini muxlislar juda yaxshi bilishadi. 2012 yil "Uchranglilar" jamoasida Loran Blanning o'rniga bosh murabbiy etib tayinlangan Desham Evro-2016da ikkinchi o'rinni egalladi. Endilikda uni Rossiyadagi jahon chempionati kutmoqda.


Klaudio Taffarel (Braziliya)
JCH-94 g'olibi va JCH-98 finalchisi Klaudio Taffarelni asosan yoshi katta muxlislar juda yaxshi eslashadi. U faoliyatini tugatgach, dastlab "Galatasaroy"da darvozabonlar murabbiyi bo'lib ish boshladi. Hozir esa Braziliya terma jamoasida darvozabonlarni shug'ullantirib kelmoqda.


Ivica Olich (Xorvatiya)
Xorvatiyalik Ivica Olich uchta jahon chempionatida qatnashgan: 2002, 2006 va 2014 yillarda. SHuningdek, atigi ikkita gol urgan. O'tgan yilning iyun oyida faoliyatini tugatgan hujumchi oktyabrdan milliy terma jamoada ishlay boshladi. U Xorvatiya termasi bosh murabbiyi Zlatko Dalichga yordam berib kelmoqda.


Aliu Sisse (Senegal)
2002 yilgi jahon chempionatida Senegal ko'rsatgan shov-shuv yodingizdami? O'shanda jamoa sardori Aliu Sisse edi. O'sha mundialda Senegal chorak finalgacha borgan. Sisse murabbiylik faoliyatini 2012 yilda yoshlar terma jamoasida ishlash orqali boshladi. U sekin asta-asta yuqoriga ko'tarilib, 2015 yilda milliy terma jamoa bosh murabbiyi bo'ldi. Endilikda Sisse asosiy jamoani jahon chempionatiga olib boradi.


Stanislav CHerchesov (Rossiya)
Sobiq darvozabon Stanislav CHerchesov ikki marta (1994, 2002 yil) jahon chempionatida qatnashgan. Ayniqsa, Rossiya 1994 yilgi mundialda Kamerunni 6:1 hisobida yutgan o'yinda CHerchesov ruslar darvozasini qo'riqlagan, o'sha bellashuvda Oleg Salenko beshta to'p kiritgandi. Endilikda CHerchesov Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi bo'lib ishlamoqda.


Xuan Antoni Picci (Ispaniya)
Picci Argentinada tug'ilgan, biroq faoliyatining ko'p qismini Ispaniyada o'tkazgan. U 1998 yilgi jahon chempionatida Ispaniya termasi sharafini himoya qilgan. Murabbiylik faoliyatida 2016 yil CHili bilan "Kopa Amerika"da g'olib chiqdi. Lekin bu jamoani jahon chempionatiga olib chiqa olmadi. Natijada CHilini tark etib, endilikda Saudiya Arabistonini boshqarmoqda.


Yon Dal Tomasson (Daniya)
52ta gol bilan Daniya futboli tarixidagi eng yaxshi to'upurar bo'lib turgan Yon Dal Tomasson ham ikki bor jahon chempionatida qatnashgan. U mundiallarda jami beshta gol urgan. U murabbiylik faoliyatini "Roda" klubida boshladi va ikki yil davomida shu jamoani boshqardi. Keyinchalik esa Daniya terma jamoasi bosh murabbiyi Age Xareyde o'z shtabiga taklif qildi.


Oskar Ramires (Kosta Rika)
Oskar Ramires Kosta Rika futboli tarixidagi eng mashhur insonlar sirasiga kiradi. U 1990 yil Italiyada bo'lib o'tgan jahon chempionatida ishtirok etgan. Ramires 2002 yildan beri murabbiy sifatida ishlab kelmoqda. 2015 yil esa Kosta Rika milliy terma jamoasini qabul qilib oldi va jahon chempionatiga olib chiqdi.


CHa Du Ri (Janubiy Koreya)
Janubiy Koreyalik CHa Du Ri o'zbek futbol muxlislariga juda yaxshi tanish. CHunki uning o'yinlarini ko'p ko'rganmiz. U 2002 yilgi mundialda porlagandi. CHa Du Ri futbolchilik faoliyati davomida Germaniya, SHotlandiya kabi davlatlarda to'p tepib yaxshi o'yin namoyish etdi. U hozir milliy terma jamoada aynan himoyachilar bilan ishlab kelmoqda.


Garet Sautgeyt (Angliya)
Garet Sautgeyt 1990-2000 yillar oralig'ida o'ynagan eng yaxshi ingliz himoyachilaridan biri hisoblanadi. U JCH-98da uchta o'yinda ishtirok etgan, JCH-2002da ham tarkibda bo'lgan, biroq birortayam o'yinda maydonga tushmagan. Endilikda milliy terma jamoani boshqarayotgan sobiq futbolchi Sem Ellardaysning o'rnini egalladi.


Vohid Xalilxojich (Bosniya)
Bosniyalik sobiq hujumchi Vohid Xalilxojich Ispaniyada o'tkazilgan 1982 yilgi jahon chempionatida Yugoslaviya terma jamoasi safida maydonga tushgan. U murabbiylik faoliyatini boshlaganidan beri uch terma jamoa bilan mundialda qatnashgan. 2010 yil JAR, 2014 yil Jazoir termasini boshqargan murabbiy endilikda Yaponiyani JCH-2018ga olib boradi.


Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика