So’nggi yangiliklar

21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  0 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  2 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  0 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  5 19:30Интервью. Анвар Бердиев "Шўртан"нинг тайёргарлик жараёни, олдиндаги мақсад ва вазифалар, олимпия терма жамоамизнинг Испанияга қарши ўйини, фарзандларининг футболга кириб келиши ҳақида  1 19:06"Вест Хэм" "Бавария" ҳимоячиси трансфери борасида келишиб олди  0 18:40"Лас-Пальмас" Янузайни ижарага олди  3 18:15"Бунёдкор" япониялик футболчини таркибга қўшиб олди  6 17:49"Манчестер Юнайтед" янги мавсум учун меҳмон либосини тақдим этди  2 17:20"Реал" Саудия Арабистонида ўйнаётган футболчини сотиб олмоқчи   2 16:56"Реал" ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  0 16:30"Барселона"нинг Ольмо бўйича таклифи "Лейпциг"ни қониқтирмади  5 16:05"Дўстлик" энди рақибларини "Пахтакор" стадионида қабул қилади  8 15:44"Биз Испаниядан кучсиз эмасдик" — Аббос Файзуллаев  28

Ular qanday ishlashadi? Rossiya va O'zbekistondagi klublar matbuot kotiblari Yangiliklar

Ular qanday ishlashadi? Rossiya va O'zbekistondagi klublar matbuot kotiblari

Rossiya futbol saytlaridan biri "championat.com" Rossiya klublari matbuot kotiblarining ish faoliyati haqida maqola chop etdi.

Maqolani o'qib chiqqach, menda ham o'zimizning klublarda faoliyat yuritayotgan matbuot kotiblari haqida yozish fikri tug'ildi (Har holda “Mashal”, “SHo'rtan”, “Lokomotiv” klublarida matbuot kotibi bo'lib ishlaganman). Va albatta yozish jarayonida o'zaro taqqoslash qiziq ko'rindi.

“Bir kunda 200ta telefon qo'ng'iroqlari, futbolchilar bilan bahsli vaziyatlar, "xavfli" matbuot anjumanlari - RFPLda klub matbuot kotiblari qanday ishlashadi” deb boshlanadi maqola.

Baxtiyor SHirinov ("Olmaliq" matbuot xizmati)

Qanday qilib matbuot kotibi bo'lish mumkin?
Umuman olganda, matbuot xizmati sohasiga jurnalistika orqali kirib kelinadi. "Ikki oyda yoki ikki soatlik o'qish orqali matbuot kotibi bo'ling" degan qoida hech bir erda yo'q. Yozilmagan qoidaga ko'ra, klub rahbari o'z klubi haqida turli yo'nalishda maqolalar yozib boradigan, futbolchi va murabbiylar bilan suhbatlar uyushtiradigan jurnalistni kuzatib boradi va kunlarning birida uni ishga taklif etadi. Agar jurnalist taklifga ko'nsa, shu bilan klub matbuot kotibi bo'ladi-qoladi. Masalan, bir paytlar "Rubin"da videotasvirchi bo'lib ishlagan Ivan Bodilevskiyni olaylik. uning ishi Qurbon Berdievga yoqib qolgani uchun o'zi bilan "Rostov"ga olib ketdi. Bazan shunaqasi ham bo'lib turadi. Rossiya klubida matbuot kotibi bo'lib ishlash uchun o'sha shaxs avvalambor rus futbolini yaxshi bilishi, talim sohasida bilim olgan hamda o'z kasbini sevishi kerak. Bu borada bizda ham shunga o'xshash. Rahbarlar ko'pincha o'zlari bilgan-tanigan kishilarni matbuot kotiblikka taklif etishadi yoki bo'lmasa shu sohadan xabardor kishilarning gapiga quloq tutishadi.

"Afsonaviy" matbuot kotiblar
Sobiq ittifoq tizimidagi birinchi matbuot kotibi Leonid Traxtenberg hisoblanadi. U 1998 yildayoq xokkey bo'yicha sobiq Ittifoq terma jamoasining matbuot kotibi bo'lib ishlagan. Keyinchalik Oleg Romancev taklifiga ko'ra 1994 yil "Spartak" va Rossiya terma jamoasi matbuot kotibligiga taklif qilingan. SHu tariqa Traxtenberg mustaqil Rossiya chempionatidagi birinchi klub matbot kotibi bo'lgan.

Yana bir "afsonaviy" matbuot kotibi bu - Sergey Aksyonov. U hozirgi kunda CSKA futbol klubida "Jamoat bilan aloqalar bo'limi"da direktor lavozimida ishlab kelmoqda. U uzoq yillar CSKAda matbot kotibi bo'lib ishlagan, bundan tashqari Sergey Aksyonov Rossiya armiyasining polkovnigi hamdir. Bizda ham yoshi katta, tajribali matbuot kotiblari bor. Masalan, Mirzahakim To'xtamirzaev, Baxtiyor SHirinov va Ulug'bek Mirzaevlar shular jumlasidan.

Mirzahakim To'xatmirzaev ("Bunyodkor" matbuot xizmati)

Matbuot kotibi nimalarga javob beradi?
Bir so'z bilan aytganda, hamma narsaga. Birinchi qilinadigan ish - klubning ijobiy imijini yaratish. Matbuot xizmati bo'limi avvlambor klub rasmiy saytini yuritadi, klubning ijtimoiy tarmoqlardagi faolligini oshiradi, o'yinoldi programkalar chop etadi, jurnalistlarni akkreditaciyadan o'tkazadi, har doim etakchi OAV (gazeta, sayt, televidenie) bilan munosabatda bo'ladi, jamoa futbolchilari va murabbiylari bilan intervyular tashkil qiladi, o'yindan keyingi matbuot anjumanlarini o'tkazadi va hokazo. Bundan tashqari, har bir klub rahbariyati o'z jamoasi haqida matbuotda ijobiy narsalar chiqishini xohlaydi va buni kuzatib borish ham kotibning zimmasida. Matbuot kotibi birinchi navbatda hamma bilan tezda chiqishib keta oladigan diplomat bo'lishi shart.

Matbuot xizmati bo'limida necha kishi ishlaydi?
Bu erda ko'p narsa klubning byudjeti va rahbariyat xohishiga bog'liq. Rossiya etakchi klublarida asosan quyidagi lavozimdagi kishilar faoliyat olib boradi:
1. Matbuot kotibi
2. Uning yordamchisi
3. Sayt yurituvchisi
4. Ijtitmoiy tarmoqlarga javobgar shaxs
5. Fotosuratchi
6. Videotasvirchi (ular soni bir nechta bo'lishi mumkin)
7. Xabar va yangiliklarni yozib boradigan reportyor.

Lekin Rossiyadan farqli o'laroq bizda matbuot xizmati bo'limida ishlaydiganlari soni ko'p emas. Eng ko'pi “Bunyodkor”da bo'lib, ular to'rt kishidan iborat. Ammo oliy liganing deyarli ko'p jamoalarida faqat bitta matbuot kotibi ishlaydi va u bir paytning o'zida hamma ishni qilib ketaveradi: stadion suxandoni, tabloga qarash, programka chiqarish, murabbiy va futbolchilardan intervyu olish, saytni yuritish, fotosuratchi va hokazo.

Matbuot kotibi kuniga necha soat ishlaydi?
Agar siz biror bir ofisda aytaylik, 9:00dan 18:00ga qadar ishlasangiz va shanba-yakshanba kunlari bemalol dam olish imkoniyatiga ega bo'lsangiz, bilingki, matbuot kotibligi sizga to'g'ri kelmaydi. Matbuot kotiblari muntazam ish jarayonida bo'lishadi, hatto o'yin yo'q kunlari ham. Matbuot kotibi safar o'yinlariga jamoa bilan boradi, o'yindan ertasi kuni futbolchilarga dam berilgan paytda ham u ish bilan mashg'ul bo'ladi. Rossiyada kotiblar haftasiga etti kun dam olishsiz ishlaydilar desa ham bo'laveradi. Qolaversa, dam olish kuni bo'lgani bilan telefonni o'chirib qo'yib bemalol uxlash imkoni yo'q. Bu borada bizda ham xuddi shunday vaziyat. Deyarli barcha klublarda kotiblar haftasiga etti kun dam olishsiz ishlashadi. CHunki o'yin yaqinlashgani sayish ish qizg'in bo'lib boraveradi.  

Matbuot kotibi o'yin kunlari nima qiladi?
O'yin kungi ish klub xodimlarining ertalabki majlisi bilan boshlanadi va bunda matbuot kotibi ham albatta ishtirok etishi shart. Keyinchalik u stadionni aylanib chiqadi va o'yinga hamma narsa tayyorligini tekshiradi. Imkon qadar har bir mayda jihatga etibor berish kerak, yo'qsa keyinchalik nimadir muammo kelib chiqishi mumkin. O'yin paytida matbuot kotibi yo zaxira o'rindig'ida o'tiradi, yo bo'lmasa tribunaga chiqib ketadi. O'yin yakuniga etgach, har ikkala jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani o'tkazish ham uning zimmasida, shuningdek, mikst-zonada futbolchilardan intervyu olishi uchun jurnalistlarga sharoit yaratib beradi. Hamma tarqalgandan keyin ham matbuot kotibining ishi yakun topmaydi, u o'z xonasiga borib o'yin hisoboti va fotosuratlarni saytga va boshqa tarmoqlarga joylaydi. Kerak bo'lsa gollarni qirqib qo'yadi va yarim kechasiga yaqin ishdan chiqadi.

Tolibjon Qosimov ("SHo'rtan" matbuot xizmati)

Futbolchilar matbuot kotibidan nimalarni so'rashadi?
Futbolchilar turli xarakterga ega kasb egalari va ular bilan tezda chiqib ketish hammaga ham nasib etavermaydi. Lekin matbuot kotibi hammadan birinchi ular bilan til topishib ketishi shart. Ayniqsa, jamoaga yangi o'yinchi kelganida kotib uning eng yaqin kishisiga aylanishi kerak. Yangi shahar, yangi jamoa, yangi futbolchilar, yangi murabbiy - bular bilan futbolchi o'rtasidagi do'stona aloqalarni avvalo matbuot kotibi yo'lga qo'yadi.

Bosh murabbiy bilan muloqot qanday kechadi?
Jamoada bosh murabbiydan muhimroq shaxs yo'q. Bosh murabbiy nima demasin, bu - qonun va tartib. Klub matbuot kotibi bosh murabbiy bilan doim muloqotda bo'lib turishi shart. Albatta, har bir murabbiy o'z futbolchilarini nazorat qilib boradi. Agar murabbiyning har bir futbolchi qalbiga yo'l topa oladigan ruhshunos bo'lishi talab etilsa, unda matbuot kotibi avvalambor bosh murabbiy ko'ngliga yo'l topa oladigan shaxs bo'lishi kerak bo'ladi. Yaxshi matbuot kotibi doim murabbiy bilan qachon gaplashish kerag-u, qachon uni tinch qo'yish kerakligini va qaysi payt nima savol bilan murojaat qilishni biladi.

Nima uchun OAVni kuzatib borishi kerak?
Matbuotda klub shaniga oid turli gaplar chiqib ketishi mumkin. Matbuot kotibi avvalambor klub rasmiy saytida chiqqan xabarlarga javobgar bo'ladi, shu bilan birga boshqa nashrlarni ham kuzatib borishi shart. U kerak bo'lsa boshqa jurnalistlar bilan o'zaro aloqalarni yo'lga qo'yishi, o'z klubi haqida salbiy fikrlar chiqib ketmasligining oldini olishi kerak. Lekin bu ham ososh ish emas. Aytaylik, jamoa ketma-ket o'nta o'yinni yutqazganida hatto matbuot kotibi ham klubni tanqidlardan himoya qila olmay qoladi. Ammor rahbariyat baribir ijobiy maqolalar chiqishini kutaveradi. Matbuotda tanqidiy maqola chiqishi bilanoq klub rahbari matbuot kotibiga qo'ng'iroq qiladi va shu zahoti raddiya berishni talab qiladi. Ammo kotib doim ham jurnalistlarga o'z tasirini o'tkaza olmaydi. Vaziyatni yumshataman deb OAV bilan aloqani buzib qo'yishi mumkin. Bazilar esa tanqidiy maqola sabab futbolchilarimiz endi sizga intervyu bermaydi deyishadi, ammo bu ham to'g'ri emas. Har doim o'rta oraliqni topish kerak.

Akramjon Mamadaliev ("Qo'qon-1912" matbuot xizmati)

Matbuot anjumanini qanday o'tkazish kerak?
Klub matbuot kotibining asosiy vazifalaridan biri o'yindan so'ng matbuot anjumani o'tkazish hisoblanadi. Bunda ikkala jamoa bosh murabbiylari bilan mezbon jamoa kotibi kiradi va anjumanni olib boradi. Matbuot kotibi ruxsat bergan jurnalistgina murabbiylarga o'z savolini bera oladi. Lekin bazan suhbat janjalga aylanib ketishi ham mumkin. Bu vaziyatda kotib jurnalist va murabbiyni tinchlantira bilishi, kerak bo'lsa bu savolga murabbiy javob bermaydi deb boshqa savolga o'tib ketishi kerak.

Matbuot kotibiga bir kunda necha marta qo'ng'iroq qilishadi?
Uyali telefon insoniyatning eng katta ixtirolaridan biri bo'lib qoldi. Ammo telefonni hamma matbuot kotiblari ham yoqtiraverishmaydi. Negaki klub haqida biror xabar chiqqani zahoti OAV tomonidan unga tinmay qo'ng'iroqlar boshlanadi, turli savollar beriladi. Faraz qiling, sizga ertalab yigirma kishi qo'ng'iroq qildi va faqat bir narsani so'radi. Bu hol to kechgacha davom etishi mumkin. Mana shunday vaziyatda matbuot kotibidan o'ta bosiqlik talab etiladi. Nafaqat OAV, balki klub rahbariyatidan ham kun bo'yi tinmay qo'ng'iroqlar bo'lishi mumkin va siz barchasiga javob berishingiz shart. Muxlislarni aytmaysizmi, ular raqamingizni bilib olsa aslo holi joningizga qo'yishmaydi. Matbuot kotibining telefoni sutkasiga 24 soat aslo o'chmasligi kerak.

Azizjon Nurov ("Qizilqum" matbuot xizmati)

Matbuot kotiblarining oylik maoshi qancha?
Matbuot kotibining ishi ko'p, demak shunga yarasha yaxshi pul topadi deb aslo o'ylash kerak emas. Rossiya klublarida matbuot kotiblariga to'lanadigan o'rtacha oylik 100 ming rublni tashkil etadi. Eng kam ish haqi esa 45 ming rubl. Bazilarga g'alabadan keyin mukofot puli ham berib boriladi va bunday paytda kotib o'z jamoasi uchun ikki karra ko'proq qayg'uradi. Albatta, bizda ham matbuot kotiblariga to'lanadigan pul miqdorini katta deb bo'lmaydi. Oylik maosh 500 ming so'mdan to bir yarim million so'mgacha bo'lishi mumkin. Ayrim klublarimizda matbuot kotiblariga ham g'alabadan keyin mukofot puli berilishi bor gap. Bu endi ko'proq rahbariyatga bog'liq masala. Lekin nima bo'lgan taqdirda ham klub faoliyatida matbuot kotibining tutgan o'rni baland bo'lsa balandki, ammo past emas. Biz esa shu sohada ishlab kelayotganlarni doim hurmat qilishimiz kerak.

X.Xoliqov.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика