So’nggi yangiliklar

00:32Расман: "Милан" Павлович трансферини эълон қилди  0 00:01"Атлетико" "Барселона" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 23:31ЕЧЛнинг янги формати тасдиқланди: анъавий гуруҳ босқичи ўтмишга айланди, қуръани махсус компьютер ўтказади  7 22:30Аёллар футболи афсонаси Марта ўзининг Олимпиададаги катта эҳтимол билан сўнгги ўйинида қизил карточка олди  1 21:43Расман: АПЛ "Манчестер Сити"ни жаримага тортди  2 21:18Килиан Мбаппе ўзи ўйнаган клубни расман сотиб олди  2 20:49Юрген Клопп қачон мураббийликка қайтиши ҳақидаги саволга жавоб қайтарди  3 20:25Расман: "Насаф" сербиялик вингер трансферини эълон қилди  8 19:46Суперлигада тоза ўйин вақти ошди  6 19:20"Боруссия" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олади  0 18:43Расман: U-20 Осиё кубогида чемпион бўлган футболчимиз легионерга айланди  8 18:18Флик "Барса" ҳақида: "Манчестер Сити"дек иш тутмоқчимиз"  0 17:41"Барселона" Европа чемпионининг трансфери устида ишлашни бошлади  3 16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  8 16:11Ўзбекистон терма жамоаси амалдаги Жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  9

Ular Mbappening izdoshi bo'la olishadimi? Yangiliklar

Ular Mbappening izdoshi bo'la olishadimi?

Quyidagi bazi futbolchilar allaqachon Evropada tanilishga ulgurdi.

Ammo qay biri chinakamiga mashxur “yulduzga” aylana oladi? Buni albatta vaqt ko'rsatadi. Hozir esa ular haqidagi qisqacha malumotlar bilan tanishtiramiz.

10. Esekiel Barko — “Independente”
18 yosh, yarim himoyachi
Barko — tezkor, aniq zarba beruvchi va ajoyib driblingga ega yarim himoyachi. Esekiel 17 yoshida ilk bor “Independente” tarkibida ishtirok etgan va darrov ko'pchilikning etiboriga tushgan. Yozda “Zenit” ham unga “ko'z olaytirgan” edi, biroq argentinaliklar o'z “yulduz”larini qo'ldan chiqarmaslikka harakat qilishdi. Barko universal o'yinchi bo'lsa-da, to'pni oshirmasdan, o'zida ko'p ushlab turishi unga bazida pand beradi. SHuning uchun hali o'z ustida ko'p ishlashi kerak.

9. Lautaro Martines — “Rasing”
20 yosh, yarim himoyachi
Tez orada Evropaga yo'l olishi rejalashtirilgan Janubiy Amerikalik yana bir ajoyib xavbek Lautaro Martinesdir. U Avelyaneda shahrining “Rasing” klubining asosiy qahramoni hisoblanadi. Lautaro Krishtianu Ronalduni o'z kumiri deb biladi. U ham kumiridek tezkor, qattiq va aniq zarba beruvchi futbolchi bo'lishni xohlaydi. Martinesning zaif tomoni — to'pni oshirish. U to'pni yaxshi olib yuradi, yakkama-yakka ham yaxshi o'ynaydi. Ammo tezkor harakatlar davomida aniq pas berish unga biroz qiyinchilik tug'dirmoqda, nazarimizda.

8. Mikael Kyuysans — “Borussiya” M
18 yosh, yarim himoyachi
“Borussiya” Kyuysansni U17 Evropa CHempionatidan so'ng “Nansi”dan “tortib oldi”. Mikael aqlliligi va ajoyib uzatmalari bilan Diter Xekkinning nazariga tushdi. Franciyalik o'yinda o'zini yo'qotib qo'ymaydi, shu sababli ham bosh murabbiy yosh yarim himoyachini iloji boricha ko'proq maydonga tushurishga harakat qiladi. Kyuysans iqtidorli yigit, ammo qanchalik yuqori cho'qqiga chiqa olishini albatta, vaqt ko'rsatadi.

7. Yakub Yankto — “Udineze”
21 yosh, yarim himoyachi
“Udineze” ancha yillardan beri yosh iqtidorli futbolchilarni Evropa bozorida namoyish etishi ko'pchilikka malum. Navbatdagi o'yinchisi Yakub Yankto. “Milan” va “Yuventus” chexiyalikni allaqachon “ko'z ostiga” olib qo'ygan. Yankto hujumkor yarim himoyachi rolida qanchalik yaxshi o'ynasa, markazda ham shunchalik yaxshi o'ynashi bilan ajralib turadi. Bundan tashqari ajoyib dribbling va to'pni yaxshi oshirish qobiliyatiga ham ega. Yakub — muvozanatni yaxshi saqlay oladi va top-klubda o'ynash uchun ham deyarli tayyor.

6. Frenki De Yong — “Ayaks”
20 yosh, yarim himoyachi
Freenki “Ayaks”ning ajoyib o'yinchilaridan yana biri. U — yaxshi texnikaga ega, to'pni aniq oshira olish va kuchli zarbaga ega yarim himoyachi. Uning prototipi hozirgi kunda barcha talablarga javob beroladigan o'yinchilardan biri Andrea Pirlo hisoblanadi.

5. Yann-Fite Arp — “Gamburg”
17 yosh, hujumchi
Hozirgi kunda “Gamburg” jamoasi turnir jadvalining quyi pog'onalarida “o'ralashib qoldi” va bu “dinozavrlar” uchun quvonarli holat emas, albatta. U17 jahon chempionatida Arp Bundestimning sardori edi, yozda “CHelsi”ga o'tishi mumkin edi, lekin ona yurtida qolishni afzal ko'rdi. Yosh bo'lishiga qaramay, 2ta gol urishga muvaffaq bo'ldi va hozirda maydonga yanada ko'proq tushyapti. Germaniyada voyaga etmaganlar kechki payt — 20:00dan keyin ishlashi mumkin emas edi. Arp o'yinlarda maydonga tusha olishi uchun qonunchilikda ham kichik o'zgartirish kiritilgan.

4. Rayan Sessenon — “Fulxem”
17 yosh, himoyachi
Sessenon iqtidori va tezligi bilan 16 yoshidayoq nom chiqarishga ulgurdi. Rayan — murabbiyning sevimli o'yinchisi. U bu mavsumdagi barcha o'yinlarda ishtirok etib kelmoqda. Sessenon jarima maydonchasiga to'pni havodan shunchaki uzatavermaydi, aksincha u aqlliroq paslar berishga harakat qiladi. Hujumga berilib ketishi sabab, bazan himoyani unutib qo'yar, lekin u juda iqtidorli futbolchi. Agar o'z ustida ishlasa va kerakli murabbiy qo'l ostida to'p tepsa, jahon yulduziga aylanishi hech gap emas.

3. Deotshankyul Yupamekano — “Leypcig”
19 yosh, himoyachi
Hozirgi vaqtda ikki mavsumdan beri Germaniya chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etayotgan “Leypcig” himoyasini franciyalik futbolchisiz tasavvur qilish qiyin. Jismoniy ko'rsatkichlarga ega bo'lgan Deyo ham “ikkinchi qavatda”, yani havodagi kurashlarda, ham himoyachilar bilan tezkorlik bahslarida birdek samarali harakat qila oladi. “Milan” va “MYU” uni ko'z ostiga olib qo'ygan. SHunday ekan, yaqin kunlarda Yupamekanoni top-klublarda kutib qolamiz. Malumotlarga qaraganda, unga tahminan 100mln evro to'lanadi. 19 yoshli yigit uchun yomon emas-a?

2. Temmi Abraxam — “Suonsi”
20 yosh, hujumchi
“Suonsi” APL turnir jadvalining eng so'nggi pog'onasiga mustahkam “joylashib oldi”, lekin keyingi mavsumda jamoa APL bilan xayrlashsa ham, faqat birgina futbolchi yuqori divizonda qoladi. Gap Temmi Abraxam haqida ketayotganini ko'pchilik tushunib ulgirdi, albatta. Abraxam “CHelsi” akademiyasiga 7 yoshida borgan va “yoshlar” jamoalarining barcha bosqichlaridan o'tgan. “Bristol”da ijarada to'p tepgan Temmi, o'zini yaxshi namoyon etgan va hozirda shu klubga yana ijarachi sifatida qabul qilindi. Antonio Konte hozircha Alvaro Morataning o'rnida boshqasini tasavvur qilolmaydi. Biroq, Abraxam o'z ustida ishlasa, kelasi mavsumda ispaniyalik bilan to'liq raqobatlasha oladigan darajaga chiqishi mumkin.

1. Federiko Keza — “Fiorentina”
20 yosh, yarim himoyachi
Keza — Italiya transfer bozoridagi “xaridori ko'p” futbolchilardan biri. Federiko “Fiorentin”da ajoyib davrini o'tkazib, Kalinichning izidan bormoqda. Bernardeski tez orada xamoa bilan xayrlashishi mumkin. Federiko bundan unumli foydalanib, imkoniyatni qo'ldan chiqarmaslikka harakat qilmoqda. “Napoli” prezidenti Aurelio De Laurentis “tushlarida” Kezani o'zining jamoasi tarkibida ko'rmoqda. Biroq, uning transferi uchun yaxshigina pul sarflash kerak.

Nozima Zaripova tayyorladi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика