So’nggi yangiliklar

00:51"Комо" Рафаэль Вараннинг трансферини эълон қилди  2 00:48"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини 14 млн евро эвазига харид қилишга тайёр, аммо...  1 00:22"Жирона" "Тоттенхэм" форвардини ижарага олиш бўйича келишувга эришди  0 00:21"Милан" сардори "Галатасарой"ни рад этди. Турк клуби ҳимоячига "Милан"дагидан кўпроқ маош таклиф қилганди  0 23:51"Манчестер Юнайтед" яқин вақтларда Санчонинг тақдирини ҳал қилади  0 23:21"Барселона" собиқ футболчиси "Ювентус"га ўтишга яқин  0 22:55Мбаппесиз: "Реал" АҚШдаги турне учун таркибини эълон қилди  2 22:31"Реал" 2025 йилда Трент ва Дэвис билан текинга шартнома имзолаш устида ишламоқда  4 22:06"Галатасарой" 22 млн еврога РПЛдан ўйинчи харид қилади?  0 21:23"Челси" "Реал" посбони билан шартнома имзоламайди  5 20:56Сержи Роберто "Аякс"га ўтиши мумкин. У "Барса"дан эркин агент мақомида кетади  0 20:31МЮ 25 млн евро эвазига Мазрауининг ўтиши борасида "Бавария" билан келишувга эришди  1 20:04"Атлетико" "Вильярреал" форвардига қизиқмоқда  0 19:32"Тоттенхэм" кореялик ўйинчини трансфер қилди  3 19:07Расман: "Шабаб Ал Аҳли" Азмуннинг трансферини эълон қилди  14

Ular maydonga tushishga haqli edilar Yangiliklar

Ular maydonga tushishga haqli edilar

Teglar :  O'zbekiston MTJ
O'zbekiston terma jamoasi 2018 yil Rossiya yashil maydonlarida bo'lib o'tadigan Jahon chempionatiga bora olmasligi aniq bo'lib ulgurdi.

O'zbek futbol muxlislari mundialni yana kamida 4 yil kutadigan bo'ldi. O'zbekiston terma jamoasi hal qiluvchi o'yinda Janubiy Koreyani mag'lub eta olmay xatto pley-offdan ham chetda qolib ketdi.

Bosh murabbiy bir qator futbolchilarni terma jamoaga chaqirmadi deb ko'pgina hamkasblarimiz maqolalar yozishdi. Bugun biz Samvel Babayan terma jamoaga chaqirgan, lekin so'nggi saralash bosqichida umuman maydonga tushmagan futbolchilarni eslab o'tishga qaror qildik. Ular hech bo'lmasa zaxiradan maydonga tushishga haqli edilar.

Eldorbek Suyunov
Ampluasi
: Darvozabon
Tug'ilgan sanasi: 12.04.1991
Klubi: “Paxtakor”

O'z vaqtida Qosimov boshchiligidagi terma jamoa safida ko'plab o'yinlarda ishtirok etgan posbon Babayan davrida doim uchinchi raqamli darvozabon bo'ldi. U doim yig'inlar va o'yinlarga chaqirildi, faqat jarohat olgan paytlar bundan mustasno, lekin uchinchi saralash bosqichida umuman maydonga tushmadi. Suyunov ko'p yillar davomida “Nasaf”da birinchi raqamli posbon bo'lib keldi, xalqaro maydonda ham o'yinlarda qatnashdi. Lekin Babayan terma jamoada Eldorga umuman imkoniyat bermadi. Suyunov xattoki o'rtoqlik uchrashuvlarida hech bo'lmasa bir daqiqa bo'lsa ham o'ynagani yo'q. Balki haqiqatdan ham Lobanov va Nesterov Eldordan kuchlidir, lekin terma jamoaga chaqiruv olgan futbolchini hech bo'lmasa o'rtoqlik uchrashuvida sinovdan o'tkazish kerak emasmi?



SHuhrat Muhammadiev
Ampluasi
: Himoyachi
Tug'ilgan sanasi: 24.06.1989
Klubi: “Lokomotiv”

Babayan uchun yana bir “keraksiz” futbolchilardan biri “Lokomotiv”ning o'ng qanot himoyachisi SHuhrat Muhammadiev bo'ldi desak mubolag'a bo'lmaydi. O'z qanotidan tezkor harakatlar bilan hujumga o'tishni yoqtiradigan, qanotdan jarima maydoniga havodan to'p uzatishlarni kanda qilmaydigan futbolchi oxirgi ikki yarim yilda terma jamoa safida faqat Kanada bilan o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi xolos. Babayan esa ko'plab o'yinlarda o'ng qanotda aslida markaziy himoyachi bo'lgan Islom To'xtaxo'jaevni o'ynatishga qaror qildi.

SHerzod Azamov
Ampluasi:
Himoyachi
Tug'ilgan sanasi: 14.01.1990
Klubi: “Paxtakor”

Yozda Suyunov kabi “Nasaf”dan “Paxtakor”ga ko'chib o'tgan Azamov ham Babayan qo'l ostida rasmiy o'yinlarda maydonga tushgani yo'q. U ham xuddi Muhammadiev kabi Kanada bilan Avstriyadagi o'rtoqlik uchrashuvida sinovdan o'tkazildi xolos. Qolgan hech bir bahsda SHerzodning xizmatlariga ehtiyoj sezilmadi. Babayan markaziy himoyada Anzur Ismoilov va Xitoy Superligasi o'rinbosarlari safida o'ynab yurgan Egor Krimecni afzal bilaverdi. Ulardan biri maydonga tusha olmagan taqdirda Islom To'xtaxo'jaev harakat qildi.



Rustam Ashurmatov
Ampluasi:
Himoyachi
Tug'ilgan sanasi: 07.07.1996
Klubi: “Bunyodkor”

Samvel Babayan bu yosh futbolchini faqat Eron bilan safardagi o'yinga chaqirdi. “Bunyodkor”ning asosiy himoyachisiga aylanib bo'lgan Ashurmatov yaqin orada terma jamoada ham shu rolni olishi mumkin. Buning uchun albatta hali ancha mehnat qilishi lozim. Babayan Rustamni yoshi tufayli maydonga tushirmagan bo'lishi mumkin. Lekin u tengi Otabek SHukurov va Eldor SHomurodov terma jamoaning asosiy o'yinchilari sifatida o'ynashdiku, shu bois nimaga Ashurmatovga imkon berilmasligi kerak?



Farrux Sayfiev
Ampluasi:
Himoyachi
Tug'ilgan sanasi: 17.01.1991
Klubi: “Nasaf”

“Nasaf”ning chap qanot himoyachisi kerak bo'lsa butun qanotda harakat qila oladi. O'zbekiston terma jamoasining chap qanotida Vitaliy Denisov hozirgi kunda birinchi raqamli futbolchi ekanligi hech kimga sir emas. Biroq Denisov jarohat olgan o'yinlarda ham Babayan chap qanotga boshqa o'yinlarni tushirdi. Ayniqsa Eron bilan bahsda chap qanot himoyasida o'yinni boshlagan Andreev jarohat olgach Babayan uning o'rniga sof chap qanot himoyachisi bo'lgan Sayfievni emas o'ng qanot himoyachisi bo'lgan Davron Hoshimovni tushirgani ko'pchilik tomonidan keskin tanqid qilindi. Agar murabbiylarda Sayfievga ishonch bo'lmasa nima uchun uni Tehronga olib ketish kerak bo'lib qolgandi.

Jamshid Iskanderov
Ampluasi
: Yarim himoyachi
Tug'ilgan sanasi: 16.10.1993
Klubi: “Paxtakor”

“Paxtakor” klubi yarim himoyachisi Osiyo Kubogi-2015da Sardor Rashidov bilan birga terma jamoamizning kelajagi sifatida ko'rilgandi. Texnikasi kuchli, aqlli paslar uzata oladigan Iskanderovni jarohatlar ko'p bezovta qildi. Babayan negadir Jamshidga ishonch bildirmadi, faqat o'rtoqlik o'yinlarida va so'nggi daqiqalarda maydonga tushdi u. JCH-2018 saralashi uchinchi bosqichidagi o'yinlarni Iskanderov faqat zaxira o'rindig'ida o'tirib kuzatdi xolos.



Fozil Musaev
Ampluasi:
Yarim himoyachi
Tug'ilgan sanasi: 02.01.1989
Klubi: “Jubilo Ivata” (Yaponiya)

Yaponiya Jey ligasida o'ynayotgan yagona o'zbekistonlik futbolchimiz ham yuqoridagi futbolchilar kabi maydonga tushmadi. Babayan xorij klubida muntazam ravishda asosiy tarkibda o'ynab kelayotgan Musaevga umuman ishonch bildirmadi. Fozil Babayan qo'l ostida rasmiy o'yinlarda faqat bir marta maydonga tushdi xolos. U Yaman bilan safardagi uchrashuvda 11 daqiqa harakat qildi xolos.



Jasur Hasanov
Ampluasi:
Yarim himoyachi
Tug'ilgan sanasi: 02.08.1983
Klubi: “Nasaf”

Tajribali yarim himoyachi ham Babayan davrida deyarli maydonga tushgani yo'q. To'g'ri Hasanovning o'yinida pasayish yuzaga kelganiga ko'z yumib bo'lmaydi, ammo qanot yarim himoyachisining tajribasi muhim o'yinlarda qo'l kelishi mumkin edi. Biroq negadir Jasurga ham uchinchi bosqichda imkon berilgani yo'q. 


Dostonbek Hamdamov
Ampluasi
: Yarim himoyachi
Tug'ilgan sanasi: 24.07.1996
Klubi: “Bunyodkor”

Terma jamoada o'ynashga loyiq bo'lgan eng asosiy futbolchilardan biri bu aynan Dostonbek Hamdamov bo'ldi. “Bunyodkor” yarim himoyachisi oliy ligada bu mavsumda hozirgacha 11ta gol urdi, ammo Babayan qanot futbolchisini ko'plab o'yinlarda xatto yig'inlarga ham chaqirishni o'ziga ep ko'rmadi. 21 yoshli futbolchi yangi murabbiy qo'l ostida o'ynashi deyarli aniq. Doston terma jamoamizning yaqin kelajakdagi asosiy  futbolchilaridan biri bo'lishi mumkin.



Sanjar Tursunov
Ampluasi:
Yarim himoyachi
Tug'ilgan sanasi: 29.12.1986
Klubi: "Al Xariytiyat" (Qatar)

Agar Babayan Vagiz Galiulinni terma jamoa yig'iniga umuman chaqirmagan bo'lsa Sanjar Tursunovni ikkinchi saralash bahslariga chaqirib turdi. Ammo Tursunov Filippin va Yaman bilan o'yinlarda zaxiradan maydonga tushdi xolos. Tezkor yarim himoyachi o'z vaqtida O'zbekistonda yil futbolchisi bo'lgandi, bundan tashqari terma jamoamiz uchun muhim gollarni urgani ko'pchilikning yodida bo'lsa kerak. Biroq Samvel Babayan uchinchi saralash bosqichida Tursunovning xizmatiga umuman ehtiyoj sezgani yo'q.



Narzulla Saydullaev

Reyting: +52   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика