So’nggi yangiliklar

17:47Фотоархив. "Хоразм"нинг Суперлигада ўтказган охирги мавсуми ёдингиздами?  0 17:29Абдуллоҳ Омоналиев "Сўғдиёна"га қайтди  0 17:08Анчелотти: "Реал ТВ"нинг фикр билдиришга ҳаққи бор"  1 16:12Пеп Гвардиола: "Манчестер Сити" трансферлари ҳақида фикр билдирмайман"  17 16:03Асадбек Раҳимжонов "Бунёдкор"га қайтди  0 15:27Акмал Мозговой "Насаф"да қоладиган бўлди  7 14:25Кичин "Локомотив"ни тарк этиб, "Барс"га ўтди  4 14:15Суперлига. Жамоаларда амалга ошаётган трансферлар барчаси битта саҳифада   38 13:59"Бунёдкор"га легионерлар оқими давом этмоқда. Клуб черногориялик футболчи билан шартнома имзолади  6 13:24Ўзбекистонлик ҳакам футзал бўйича Осиё Кубоги саралаш баҳсларида ишлайди  0 12:52Расман: Жоэль Кожо - "Истиқлол" футболчиси  3 12:35"Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  25 12:14"Манчестер Юнайтед" скаути: "Унда "Юнайтед" ДНКси бор, афсуски бизникилар буни кўра олишмади"  33 11:56Испаниялик мутахассис "Қизилқум"да ишлайди  2 10:53Ҳусанов «Ланс» рекордини такрорлайди  24

Ular hozir qaerda? Yangiliklar

Ular hozir qaerda?

Yurtimizda oliy liganing ikkinchi davra o'yinlari boshlanganiga ham mana roppa-rosa 10 kun bo'ldi.
Jamoalar PFLga 10 avgust kuni so'nggi zayavkalarni topshirdi. Ayni damda klublarimiz tarkibiga nazar tashlab shuni ko'rish mumkinki, birinchi davrada oliy ligada o'ynagan bir qator o'yinchilar ko'rinmay qoldi. Futbolchining hayoti shuki, bugun yaxshi o'ynab tursang. Sendan zo'ra yo'q! Aytgan sharoitingni qilib berib, o'z jamoasiga olib ketadiganlar talaygina bo'lib qoladi. Aksincha o'yindan chiqib qolsang, hech kimga kerak bo'lmay qolasan. Etibor bering quyida nomi keltirib o'tilgan futbolchilar o'z vaqtida oliy ligada o'ziga yarasha nom qozonganlardir.  



Aleksandr Kleckov
Yil boshida Tailanddan qaytib kelib, “Neftchi” yig'iniga borib qo'shilgan Kleckov farg'onaliklar safida bir davra o'ynadi xolos. Markaziy himoyachining faoliyatida haqiqatdan ham sezilarli pasayish kuzatildi. Ayniqsa u o'tgan mavsumning ikkinchi yarmida mavsum oxiriga qadar diskvalifikaciya qilinganidan so'ng, sport formasini yo'qotib qo'ydi. SHundan buyon Sashaning avvalgidek o'ynab ketishi qiyin kechdi. 29 yoshli futbolchi “Neftchi”da birinchi davrada 8 o'yinda ishtirok etib,  jami 659 daqiqa maydonda harakat qilgan. Aleksandr Kleckov farg'onaliklar bilan xayrlashgach, o'ziga boshqa jamoa topmadi chog'i. CHunki u hamon hech bir klub safida ko'rinish berayotgani yo'q.   

Aziz Alijonov
“Neftchi”ning yana bir sobiq futbolchisi bo'lmish Alijonovni ham hech bir klubda ko'rmayapmiz. Tajribali futbolchi davralar oralig'ida farg'onaliklar safini tark etgach, “Andijon” lagerida paydo bo'ldi. Malum muddat “burgutlar” safida shug'ullangach, keyinchalik jamoani tark etdi. SHundan buyon Azizni na oliy liga, na birinchi liga jamoasida uchratdik.

Temur Yafarov
Yafarovni ham oxirgi yilarda muhim bir jamoa vakili sifatida ko'rmayapmiz. Qishki yig'inlar chog'ida ham himoyachi bir nechta jamoa ko'rigida bo'lib, mavsum boshlanishi arafasida “Navbahor” tarkibiga borib qo'shilganiga bir necha marotaba guvoh bo'lganmiz. Markaziy himoyachi joriy mavsumning birinchi qismida namanganliklar sharafini himoya qildi. Baxtiyor Ashurmatov uni 2ta o'yinda maydonga tushirdi. Jami 152 daqiqa o'ynagan futbolchi davralar oralig'ida klub lagerini tark etdi.  SHundan buyon Timurni hech bir klub safida ko'rmadik. Ehtimol u mavsum oxiriga qadar birinchi liga klublarining birida o'ynar.



Iqbol Akramov
Aftidan Iqbol Akramov ham jamoasiz qolgan ko'rinadi. O'z vaqtida “Neftchi”da ajoyib o'yinlari bilan muxlislar mehrini qozongan futbolchi, birinchi davrada “Olmaliq” sharafini himoya qilgandi. Biroq SHkvirin unga javob berib yubordi. CHunki u olmaliqliklar ustozi kutganidek o'yin ko'rsatmadi. Birinchi davrada 5ta o'yinda maydonga tushgani ham so'zimizni isbotlasa ajab emas. SHundan so'ng 31 yoshli futbolchi Alijonov bilan birga “Andijon” mashg'ulotlarida qatnashib yurdi. Biroq keyinchalik Sergey SHevchenko ushbu o'yinchiga ham javob berishni lozim topgan ko'rinadi. CHap qanot yarim himoyasida tezkor harakatlari va o'ziga xos driblingi bilan raqiblarini sarosimada ushlab turidigan Akramovdek futbolchi nahotki hech bir klubga kerak bo'lmay qolgan bo'lsa?!

Durbek Umaraliev
“Navbahor”ning yana bir o'yinchisi Umaralievning ham taqdiri Yafarovnikiga o'xshashib ketadi. “So'g'diyona” – “Navbahor” yo'nalishi bo'yicha faoliyat yuritishni lozim topadigan o'yinchi yil boshida “lochinlar” ro'yxatidan o'tgandi. Etiborlisi Durbek birinchi davrada umuman maydonga tushmagan. Bunga nima sabab ekanligi ochig'i bizga qorong'u. Bilganimiz shuki, Ashurmatov yozgi davralar oralig'ida ushbu futbolchi bilan ham xayrlashishni lozim topdi.

Aziz G'ulomxo'jaev
Mavsumning birinchi qismida “Buxoro” uchun o'ynagan G'ulomxo'jaev hozirgi yoshida grand jamoalarning zaxirasida o'tirgandan ko'ra, o'rtamiyona klubda o'ynagan maqul qabilida ish tutadi. “Andijon”, “Qizilqum”, “SHo'rtan” jamoalarda o'ynagan futbolchi birinchi davradan so'ng buxoroliklar bilan xayrlashdi. SHundan so'ng “Andijon”ga kelib, jamoa mashg'ulotlarda ter to'kkan himoyachi qisqa muddat ichida “burgutlar” safini ham tark etdi. SHundan so'ng Azizni hech bir jamoa tarkibida ko'rmadik. Balki bu futbolchi ham endi birinchi liga jamoasida faoliyatini davom ettirar. Malumot uchun: Aziz G'ulomxo'jaev “Buxoro” safida 11ta o'yinda ishtirok etib, maydonda 910 daqiqa harakat qilgan.



Vladimir SHishelov
Mavsum boshida “Qizilqum”ga qaytgan Volodya bu jamoada ham ko'p vaqt o'ynamadi. Birinchi davrada 11 uchrashuvda ishtirok etib, raqiblari darvozasiga atiga 3 bor yo'l topa olgan hujumchi davralar oralig'ida Rossiyaga borib kelish maqsadida jo'nab ketganidan buyon darak yo'q. Jamoa ustozi Yuriy Lukinning aytishicha, SHishelov oilaviy sabablarga ko'ra, boshqa “Qizilqum”da o'ynamas ekan. Rosti SHishelov jamoasini huddi qo'lqopdek almashtiradi. Rossiyada ham shu xolatni ko'rish mumkin. Ilgari “Andijon”ga kelib, birinchi davra tugagach, hech kimga aytmasdan ketib qolgandi. To'g'ri u ehtimol klubi bilan keyinchalik kelisha olmas. Bunisi bizga qorong'u.


Temur Sultonov

O'ng qanot himoyachisi Sultonov yil boshida “Andijon”da ko'nim topgandi. Birinchi davrada “burgutlar” sharafini himoya qilgan namanganlik futbolchi 9ta o'yinda maydonga tushib, jami 610 daqiqat harakat qildi. Davralar oralig'ida “Andijon”da bosh murabbiy o'zgarishi Sultonovning faoliyatiga ham tasir o'tkazmasdan qolmadi. Boisi ukrainalik murabbiyning qarashlariga mos tushmagan Temur kuni-kecha klub lagerini tark etdi. Uning hozirda qaysi jamoaga borib qo'shilgani rasman aniq emas.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика