So’nggi yangiliklar

10:50Камавинганинг жароҳати жиддий бўлиб чиқди. Унинг қачон сафга қайтиши маълум  0 10:23Килиан Мбаппе "Реал Мадрид"даги дебютдан сўнг фикр билдирди  3 09:55Суперлига. Бугун 16-турга старт берилади  2 09:28Ламин Ямальнинг отасини пичоқлаб кетишди  4 09:171:6 учун реванш олинадими? Ўзбекистон терма жамоаси бугун Анголага қарши иккинчи ўртоқлик учрашувини ўтказади  1 09:00Про лига. Бугун турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  1 08:32Кечаги Суперкубокнинг энг яхши футболчиси ким бўлди?  2 08:07Ўзбекистон кубоги. Бугун сўнгги ярим финалчи аниқланади  3 02:40УЕФА Суперкубоги. "Реал Мадрид" - "Аталанта" 2:0, Беллингемдан заргарона ассист Мбаппедан гол  1 01:50"Реал Мадрид" – Европа Суперкубоги соҳиби! Мбаппе илк ўйинидаёқ гол урди ва соврин ютди  32 01:15Саудия Суперкубоги. "Ал Тавун" - "Ал Насср" 0:2, Роналдудан ажойиб узатмалар ва гол  1 00:30"Манчестер Юнайтед" Бруну Фернандеш билан шартномани узайтирди  1 23:46"Ал Насср" Саудия Арабистони Суперкубоги финалига йўл олди. Роналду янги мавсумдаги илк голини урди  4 23:30Карло Анчелотти: "Ёзги таътилим расво бўлди"  5 23:10УЕФА Суперкубоги. "Реал Мадрид" – "Аталанта". Бошланғич таркиблар аниқ!  21

Ukrainalik qirol - Andrey SHevchenko! Yangiliklar

Ukrainalik qirol - Andrey SHevchenko!

Bugun Ukraina futbolining yaqin o'tmishdagi afsonasi Andrey SHevchenko haqida malumotlar taqdim etamiz.

Andrey SHevchenko 1976 yilning 29 sentyabrida Ukrainada tug'ilgan. Hujumchi. Ukraina terma jamoasining sobiq sardori va to'purari.

2004 yilgi "Oltin to'p" sohibi. Ikki marta Evropa CHempionlar Ligasi va Italiya chempionatining eng yaxshi to'purari bo'lgan. "Milan" tarixidagi eng yaxshi ikkinchi to'purar. "Milan derbisi"da eng ko'p gol kiritgan futbolchi. Olti marta Ukrainaning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. Ukrainada xizmat ko'rsatgan sport ustasi.

Uning futbolga ilk qadamlarini o'zi o'qigan 216-sonli maktabda qo'ygan. Bolalar o'rtasidagi turnirlardan birida u "Dinamo Kiev" futbol maktabi murabbiylaridan biri Aleksandr  SHpakov nazariga tushadi va shu tariqa "dinamochilar" safida shug'ullanishni boshlaydi.
Avvaliga Andreyning ota-onasi uning futbol bilan shug'ullanishiga qarshi bo'lishgan. Nikolay SHevchenko farzandi maktabni tamomlaganidan so'ng harbiy bo'lishini istagandi. Lekin, SHpakov qahramonimizning ota-onasini farzandining futboldagi kelajagi borligiga ishontira oladi.


Dinamo (Kiev)


1994 yilning 8 noyabr kuni futbolchi ilk marotaba asosiy tarkibda maydonga tushdi. 1994 yilning 1 dekabrida esa "Dnepr"ga qarshi o'yinda "Dinamo"dagi ilk golini kiritgan.  
Kelasi mavsumda esa jamoasi safida 31 ta o'yinda 16 ta gol kiritgan va mamlakat chempioniga aylangan.
1997/98 yilgi mavsumda "Barselona"ga qarshi o'yinda xet-trik muallifiga aylangan. Oradan bir yil o'tib esa CHempionlar Ligasi to'purariga aylangan.
Birinchi marta "Dinamo"da o'ynaganida u 106 marta raqiblar darvozasini ishg'ol etgan. 5 marta Ukraina chempionligini va uch marta Ukraina Kubogini qo'lga kiritgan. SHuningdek, 1998/99 yilgi mavsumda eng yaxshi to'purar bo'lgan.

“Milan”

1999 yilning may oyida SHevchenko 25 million dollar evaziga “Milan”ga ko'chib o'tadi. Yangi jamoasi safida 1999 yilning 21 avgustida Italiya Superkubogida “Parma”ga qarshi o'yinda ilk marotaba maydonga tushgan. A Seriyada esa 28 avgustda “Lechche”ga qarshi o'yinda debyut qilgan va o'sha o'yinda “Milan” safidagi ilk golini kiritgan. Ilk mavsumdayoq futbolchi 24 ta bilan Italiya chempionati to'purariga aylangan. Kelasi mavsumda ham u huddi shuncha golni raqib posbonlari darvozasiga yo'llagan. Lekin, o'shanda undan ikkita ko'p gol kiritgan Ernan Krespo chempionat to'purari bo'lgandi. 2002 yilda esa “Slovan”ga qarshi o'yinda olingan jarohat sababli bir necha oyga safdan chiqadi.

Oradan biroz vaqt o'tib CHempionlar Ligasi finalida “Yuventus”ga qarshi o'yinda hal qiluvchi penaltini tepadi va “Milan” ECHL g'olibiga aylanadi. SHu tariqa, u CHempionlar Ligasida g'olib chiqqan dastlabki ukrainalik futbolchi sifatida tarixga kirgan.

2004 yil Italiya Superkubogi sohibiga aylangan. Aynan o'sha yili Evropaning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan “Oltin to'p”ga ega bo'lgan. SHuningdek, “Ukraina qahramoni” unvoniga ham o'sha yili ega chiqqan.



2004/05 yilgi mavsumda jamoasi bilan CHempionlar Ligasining finaligacha etib borgan. Ammo, o'sha o'yinda milanliklar “Liverpul”ga imkoniyatni boy berib qo'ygandilar.
2005 yilning 23 noyabrida “Fenerbaxche” darvozasiga bitta o'yinda 4 ta gol kiritgan.  Bunday natijani ECHLda faqatgina Marko van Basten, Simone Indzagi, Dado Prsho, Ruud van Nistelro, Lionel Messi, Bafetimbi Gomis, Mario Gomes, Robert Levandovski, Zlatan Ibragimovich va Luis Adriano kabi futbolchilar qayd etishgan.

2006 yilning 8 fevral kuni “Milan” tarixidagi eng yaxshi ikkinchi to'purarga aylanib oladi. Birinchi o'rinda esa Gunnar Nordal turadi.

12 may kuni esa “Milan” prezidenti Silvio Berluskoni futbolchining Angliyaga yo'l olishni istayotganini aytdi.


“CHelsi”

“Milan”dagi 7 yildan so'ng SHevchenko Roman Abramovichning “CHelsi”si safiga borib qo'shilishga qaror qiladi. Uning transferi 30 million funtni tashkil qilgan. U dastlabki o'yinidayoq raqib darvozasini ishg'ol qilishga muvaffaq bo'lgan. Lekin, o'sha Angliya Superkubogi uchun kechgan o'yinda “CHelsi” “Liverpul”ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ygan. Lekin, shunga qaramay uning Angliyadagi ishlari ko'ngildagidek kechmadi. “CHelsi”dagi ikki yil davomida u ikki marta belini operaciya qildirgan.




“Milan”ga qaytish


2008 yilning 23 avgustida “CHelsi” rasmiy sayti futbolchining “Milan”ga ijaraga berilishini malum qilgan. Jonajon jamoasi safiga qaytgan futbolchi u erda 76-raqamda o'ynagan. CHunki, jamoada 7-raqam Pato tomonidan band qilingandi. Ammo, ketma-ket olingan jarohatlar futbolchini o'zini ko'rsatishiga imkon bergani yo'q. Milanliklar safida uning ishlari yurishmadi. 2009 yilning yozida futbolchi yana “CHelsi”ga qaytib ketadi. Lekin, “aristokratlar”ning yangi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti futbolchini o'z rejalariga kiritmoqchi emasligini malum qilgan.

“Dinamo”ga qaytish

2009 yilning 29 avgustida SHevchenko “Dinamo” bilan 2+1 ko'rinishidagi shartnomaga imzo chekadi.
2010/11 yilgi mavsumda jamoasini sardor sifatida maydonga olib tusha boshlagan.



Terma jamoa

Andrey terma jamoa safida ilk marotaba 1995 yilda debyut qilgan. Ukraina terma jamoasi bilan JCH-2006 hamda Evro-2012 kabi katta turnirlarda ishtirok etgan.

2006 yili Germaniyada bo'lib o'tgan Mundialda terma jamoasi bilan chorak finalgacha borgan.



2012 yilda Polsha va Ukraina mezbonlik qilgan Evropa birinchiligida esa SHevchenko jamoadoshlari bilan guruhda qolib ketadi. Guruh bosqichida Angliya terma jamoasiga qarshi o'yin SHevchenko uchun Ukraina terma jamoasi safidagi so'nggi rasmiy o'yin bo'lib qolgan.

Futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan so'ng bir muddat siyosat bilan shug'ullandi.
Ayni paytda esa Ukraina milliy terma jamoasi murabbiylar shtabi safida Mixail Fomenkoga yordamchi sifatida ishlamoqda.


Vikipediya malumotlari asosida tayyorlandi

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика