Ukraina vazifani uddaladi
23 iyu 2021 23:21
Yangiliklar
Ukraina vazifani uddaladi
Ukraina termasi Evro-2020ning 3-turida Avstriyaga 0:1 hisobida mag'lub bo'lgandi.
Qayd etish kerak, ushbu o'yinda kam gol o'tkazib yuborgani sababli ukrainlar Evro-2020ning pley-off bosqichiga yo'l oldi. Ular 3-o'rinni qo'lga kiritgan eng yaxshi to'rt jamoaning aynan to'rtinchisi bo'lishdi.
Bunga Slovakiya termasining Ispaniyadan javobsiz 5ta gol qabul qilib olgani ham asosiy sabab bo'ldi. Hozircha Portugaliya termasining masalasi uzil-kesil hal bo'lmagan. Ammo katta ehtimol F guruhidagi 3-o'rinni qo'lga kiritgan terma ham pley-offga yo'l oladigan ko'rinmoqda.
Fikrlar