Ukraina U-21 chempionati. "Rux" "Desna"ni yirik hisobda mag'lub etdi
05 mar 2021 17:02
Yangiliklar


Ukraina U-21 chempionati. "Rux" "Desna"ni yirik hisobda mag'lub etdi
Ukraina chempionati U-21 17-tur doirasida "Rux" o'z uyida "Desna"ni qabul qildi.
"RUX" - "DESNA" 3:0
"Rux"ga o'tganiga ko'p bo'lmagan "Nasaf" sobiq hujumchisi Bobir Abdiholiqov klubning U-21 jamoasi safida chempionat doirasida maydonga tushdi. Bahs mezbonlarning yirik hisobdagi g'alabasi bilan yakunlandi, ammo hamyurtimiz bu o'yinda o'z hisobiga gol yozdirib qo'ya olmadi. Qayd etish kerakki, asosiy jamoalar o'rtasidagi o'yin 8 martda bo'lib o'tadi va hamyurtimiz o'sha bahsda ham harakat qilishi mumkin.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar