Uilsher: "Hech qachon CHempionshipda o'ynayman deb o'ylamagandim"
23 jan 2021 16:30
Yangiliklar


Uilsher: "Hech qachon CHempionshipda o'ynayman deb o'ylamagandim"
"Bornmut" yarim himoyachisi Jek Uilsher CHempionshipdagi ishtiroki haqida gapirdi.
"Bu mening CHempionshipdagi ilk tajribam bo'ladi. Agar oldin o'ynashim borasida savol berishsa, salbiy javob berardim. Bu haqda hech qachon o'ylamagandim.
Hozir men jamoamning Premer-ligaga qaytishiga etiborimni qaratganman", - deydi 29 yoshli futbolchi.
Uilsher "Bornmut" bilan qisqa muddatli (mavsum so'nggiga qadar) shartnoma imzoladi. Klub CHempionshipda jadvalda 6-o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar