UFF tashkilotning byudjet miqdorini e'lon qildi

Aslanov Jasurbek
27 dek 2017
Ukraina futbol federatsiyasi prezidenti Andrey Pavelko ayni damda tashkilotning byudjeti qanchaligini aytib berdi.

"Ayni damda tashkilotni davlat moliyalashtirmaydi, FIFA va UEFAning mablag'lari bor. Hamkorlik va homiylik shartnomalari ham mavjud. UFFning byudjeti - 10 mln. evro atrofida" - deydi Pavelko.

Noyabr boshida mamlakat futbol federatsiyasi Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi Andrey Shevchenko bilan shartnomani uzaytirgan edi. Kelishuvga ko'ra, 41 yoshli mutaxassis Evro-2020 saralash bosqichining oxirigacha ishlab beradi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: FootballHub