"Ufa" bosh direktori: "O'runov juda kuchli futbolchi. Uni bajonidil qaytarib olgan bo'lardik"
10 jan 2021 17:51
Yangiliklar


"Ufa" bosh direktori: "O'runov juda kuchli futbolchi. Uni bajonidil qaytarib olgan bo'lardik"
"Ufa" bosh direktori Rinat SHaybekov klub Oston O'runovni "Spartak"dan qaytarib olishni istayotganini aytib o'tdi.
- Ayni damda O'runov borasida juda ko'p mish-mishlar bo'lmoqda. "Spartak" undan voz kechganmish. Uni qaytarish borasida ishlar olib borilmayaptimi?
- Muzokaralar olib bormayapmiz. U juda kuchli futbolchi, o'z vaqtida xorijning ko'plab jamoalaridan qiziqishlar bo'ldi. Uni bajonidil qaytarib olgan bo'lardik. Biroq buning imkoni yo'q.
- Sababini ayta olasizmi?
- Menimcha, "Spartak" uni biz mo'ljallagan summaga bermaydi. Uni ijaraga olishimiz mumkin. Agent orqali Ostonning transfer narxini bildik. SHu sababli bu ishlar oson kechmaydi deb ayta olaman.
- Uni Evropaga tortishning iloji bormi?
- Evropa juda katta. Bolgariya yoki Sloveniya bo'lishi ham, Angliya yoki Ispaniya ham bo'lishi mumkin. Ko'ramiz.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar