Ueyn Runi: "To'rt hafta oldin "Everton" "Suonsi"ga yutqazgan bo'lardi"

Tolibjon Qosimov
19 dek 2017, 13:29
"Everton" hujumchisi Ueyn Runi APL 17-turi doirasida "Suonsi" ustidan qozonilgan g'alaba (3:1)dan keyin fikrlarini bildirib o'tdi.

"Aytish mumkin bo'lsa, "Everton" unchalik yaxshi o'ynay olmadi. Lekin, o'yinchilar ajoyib xarakter ko'rsatishdi.

To'rt hafta oldin biz bu o'yinni yutqazgan bo'lar edik. Umid qilaman, Rojdestvo arafasida "Everton" yana bir nechta g'alabani qo'lga kiritadi", - dedi Runi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: BBC