So’nggi yangiliklar

00:47Мбаппе "Реал"да 10-рақамнинг янги эгасига айланди  1 00:01Расман: "Манчестер Сити" "Бёрнли"дан дарвозабон сотиб олди  1 23:40"Челси" Кукурельяга янги шартнома таклиф қилади  0 23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  1 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  4 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  4 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  9 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  8 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  8 21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  8 21:15"Интер" Лукман учун таклиф қилган таклиф "Аталанта"га ёқмади  0 20:50Жанлуижжи Доннарумма чиндан ҳам ПСЖдан кетиши мумкин – ҳаттоки ЕЧЛдаги ғалабадан кейин ҳам  5 20:31Расман: Шаҳзод Тоиров — ОКМК футболчиси!  1 20:25"Наполи" "Ливерпуль" футболчисини ижарага олмоқчи  0 19:59Тоттининг ўғли босим туфайли футболдан кетди  2

LaLiga. "Barselona" mehmonda "Ueska"ni kichik hisobda mag'lub etdi Yangiliklar

LaLiga. "Barselona" mehmonda "Ueska"ni kichik hisobda mag'lub etdi

Ispaniya chempionatining 17-turida "Barselona" "Ueska" mehmoni bo'ldi.

SD Huesca

LaLiga . 17-tur

04/01/2021, 01:00

1
:
0
Tugadi

Barcelona

Frenkie de Jong - 27'

Stadion: Estadio El Alcoraz, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Guillermo Cuadra

45'
90'
65'  Mikel Rico (Idrissa Doumbia)
72'  Jorge Pulido (Juan Carlos)
72'  Jaime Seoane (David Ferreiro)
72'  Sergio Gomez (Shinji Okazaki)
84'  Javi Ontiveros
27'  Frenkie de Jong
27'  Lionel Messi
75'  Sergino Dest (Oscar Mingueza)
75'  Sergio Busquets (Miralem Pjanic)
81'  Martin Braithwaite (Antoine Griezmann)


"Ueska" – "Barselona" 0:1

"El Alkoras"

Gol: 0:1 – 27 de Yong.

"Ueska" – Alvaro Fernandes, Insua, Pulido (Xuan Karlos, 72), Galan, Siovas, Seoane (Ferreyro, 72), Mikel Riko (Dumbiya, 65), Serxio Gomes (Okadzaki, 72), Moskera, Ontiveros, Rafa Mir.

"Barselona" – ter Stegen, Arauxo, Dest (Mingesa, 75), Alba, Langle, Buskets (Pyanich, 75), de Yong, Pedri, Dembele, Messi, Breytueyt (Grizmann, 81).

Ogohlantirish: Ontiveros (84).


UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 2 daqiqa qo'shib berildi.

87. Pedri o'z jarima maydonchasi oldida qoida buzdi. "Ueska" esa standart vaziyatdan foydalana olmadi. Kataloniya klubi posboni kuchsiz zarbadan so'ng to'pni egallab oldi.

81. O'zgarish: Breytueyt o'rniga Antuna o'yinga qo'shildi.

80. CHiziq oldida Grizmann sochini yig'ib, maydonga tushishga taraddud ko'rmoqda.

77. Dembele jamoadoshining ajoyib uzatmasidan so'ng, raqib posboni bilan birga-bir chiqdi, ammo u to'pni Messiga uzatishni reja qildi va hammasini chippakka chiqardi.

75. O'zgarish: Buskets o'rniga Pyanicha maydonga tushdi.

68. MESSIIII! Leoning yaqin masofadan bergan kuchli zarbasini "Ueska" posboni qaytarib qoldi.

63. "Barselona" gol o'tkazib yuborishga yaqin keldi, ammo yaqin masofadan berilgan zarbani Ter SHtegen qaytarib qoldi.

59. Usmon Dembele markazdan, raqibning butun himoyasini aldab o'tishga urinib ko'rdi. Urinish muvaffaqiyatsiz yakun topdi.

57. DEMBELEEE! Busketsning ajoyib uzatmasidan so'ng Usmon raqib darvozaboni bilan deyarli birga-bir chiqdi, ammo to'pga posbon oldinroq chiqib, xavfni bartaraf qildi.

51. Messi gol urishga rosa urinyapti, ammo ushbu istak Leoga o'yindan zavq olishga, rohatlanib o'ynashga halal beryapti. Uning zarbalari noaniq chiqmoqda.

- Malumotlarga ko'ra, Messining bugungi uzatmasi "Barselona" safida qayd etgan 300-assisti bo'libdi. Yana bir yubiley!

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.


TANAFFUS

45. Birinchi bo'limga vaqt qo'shib berilmadi va biroz tin olamiz.

41. ZARBAAA! Messi jarimadan aniq zarba berdi. Posbon esa darvoza to'sini ostiga kirib borayotgan to'pni qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

39. "Ueska" burchak zarbasi ishlab oldi, ammo uzatmadan so'ng Kataloniya himoyachilari xavfni bartaraf qilishdi.

32. Zarbalar bo'yicha hisob 0:9, mezbon jamoa hali birorta zarba bera olgani yo'q.

31. Breytueyt navbatdagi imkoniyatni qo'ldan boy berdi. Futbolchi o'z harakati bilan bir raqibidan qutildi, ammo zarbadan so'ng to'p himoyachiga tegib qaytdi.

27. GOOOOL! Messining ajoyib uzatmasidan so'ng De Yong to'pni darvozaga yo'lladi va hisob ochildi. Leo 2021 yilni ajoyib assist bilan boshladi.

21. PEDRIII! Dembelening havolatib bergan uzatmasini Pedri darvozaga burishga urindi, ammo kichik bo'yli yarim himoyachi to'pni yuqoriga yo'lladi.

19. Tezkor hujum. Pedrining uzatmasidan so'ng Dembele to'pni to'xtatib o'tirmadi va darvoza tomon zarba berdi. To'p Siovasning yuziga tegib maydonni tark etdi. Zarba huddi kuchli shapaloqdek bo'ldi.

11. Messi to'pni chap qanotdan ochilib borayotgan Albaga uzatdi, Xordi to'pni erlatib jarima maydonchasiga yo'lladi, Breytueyt esa o'sha to'pga biroz ulgurmadi.

9. Messidan kutilmagan zarba va o'zgacha uslubdagi zarba noaniq bo'ldi.

7. ZARBAAA! Xordi Albaning uzatmasini Pedri darvoza tomonga burdi, ammo Alvaro Fernandesning ajoyib seyvi "Ueska"ni goldan saqlab qoldi.

1. Uchrashuv boshlandi. Bahs start olishi bilan Messini tabriklash mumkin. CHunki u bugun LaLigadagi 500-uchrashuvini o'tkazmoqda.


Ueska – Barselona

4 yanvar, 01.00, "El Alkoras"

Ueska – Alvaro Fernandes, Insua, Pulido, Galan, Siovas, Seoane, Mikel Riko, Serxio Gomes, Moskera, Ontiveros, Rafa Mir.

Barselona – ter Stegen, Arauxo, Dest, Alba, Langle, Buskets, de Yong, Pedri, Dembele, Messi, Breytueyt.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика