Uelbek "Manchester Siti" bilan o'yinni o'tkazib yuboradi

Aslanov Jasurbek
16 yanv 2015, 10:20
"Arsenal" hujumchisi Denni Uelbek "Manchester Siti"ga qarshi Angliya Premer-ligasining 22-turida maydonga tusha olmaydi.

Hujumchi "Vest Xem"ga qarshi uchrashuvda jarohat olgan edi.

"Uelbek hozir tayyor emas. U og'riq his qilyapti, shu sababli biroz kutib turish kerak" - deydi Arsen Venger.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sport-express.ru