Uelbek APL klubi bilan shartnoma imzolashga yaqin
07 avg 2019 17:56
Yangiliklar
Uelbek APL klubi bilan shartnoma imzolashga yaqin
Danni Uelbek "Uotford" klubi bilan shartnoma imzolashga yaqin.
28 yoshli futbolchi hozirda erkin agent maqomiga ega. U "Arsenal"ni yozning boshlarida tark etgan edi.
"Uotford" angliyalik futbolchiga jiddiy tarzda qiziqish bildirmoqda. Tomonlar hozirgi vaqtda muzokaralar olib borishmoqda.
Bitim tez orada imzolanishi kutilmoqda. O'yinchi mavsumning ancha qismini jarohati tufayli o'tkazib yubordi.
Futbolchi yakunlangan mavsum "kanonirlar" safida 14ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 1ta assistga erishgan.
O’xshash yangiliklar
10:25
Barselona Dani Olmo bo'yicha muzokaralarni boshladi. Kataloniyaliklar qancha taklif qilgani malum 12
Fikrlar