So’nggi yangiliklar

19:10БАА Про лигаси. "Дибба Ал Жумайра" ўз уйида "Ал Айн"ни қабул қилмоқда, Абдуллаев илк дақиқалардан майдонда (онлайн ҳисоб)  0 18:56А Серия. Бугун "Наполи", "Милан" ва "Рома" иштирокидаги ўйинлар бўлиб ўтади  0 18:43Суперлига. ОКМК - "Хоразм". Таркиблар маълум  1 18:38АПЛ. "Ман Сити" ўз уйида "Тоттенхэм"га мағлуб бўлди, Ҳусанов захирада қолдирилди  33 18:20Бундеслига. Бугун "Байер" "Хоффенхайм"ни қабул қилади, "Боруссия Дортмунд" эса "Санкт-Паули" меҳмони бўлади  0 18:00Про лига. "Локомотив" ва "Жайхун" ўзаро куч синашмоқда (онлайн ҳисоб)  0 17:45"Сурхон" - "Насаф" 0:0 (Матнли трансляция)  10 17:06Испания футболи тарихида илк маротаба эркак ўйинчи туғруқ таътили олиши мумкин  1 16:38Эзе "Арсенал" билан шартнома имзолади  0 16:12"Ал Насср" — "Ал Аҳли". Саудия Арабистони Суперкубоги ўйини учун таркиблар маълум  8 15:32Суперлига. "Андижон" тарихда илк бор ўз майдонида 6 та гол ўтказди, рекорд эса МҲСКга тегишли  5 15:17Ўзбекистон кубоги. "Динамо" — "Шўртан" ўйини 27 август куни ўтказилади  0 14:50Гвардиола "Тоттенхэм"га қарши қандай ўйнашни билмайди. Бугун "Ман Сити" "Тоттенхэм"ни меҳмон қилади   2 14:23Ўзбекистон терма жамоасининг "CAFA Nations Cup-2025" учун қайдномаси маълум  28 14:10Тожикистон "CAFA Nations Cup 2025" учун қайдномасини эълон қилди, унда Суперлигада ўйнайдиган футболчилар ҳам бор  2

UEFA yangi moliyaviy qoida bo'yicha PSJ, "Yuve" va "Milan"ni jarimaga tortdi. Hozircha deyarli mablag'lar - shartli Yangiliklar

UEFA yangi moliyaviy qoida bo'yicha PSJ, "Yuve" va "Milan"ni jarimaga tortdi. Hozircha deyarli mablag'lar - shartli

Asta-sekin UEFAning klublarni nazorat qilish bo'yicha yangi moliyaviy qoidalari kuchga kirmoqda.

Yangi evrokuboklar guruh bosqich mavsumi oldidan bir necha klublar uchun jazolar elon qilindi.


Komissiya "Milan", "Monako", "Roma", "Beshiktosh", "Inter", "Yuventus", "Marsel" va PSJ hattoki kovid bo'yicha engilliklarga qaramay, zarar ko'rmaslik talablarini bajara olmagan deb topdi.


Bu qanday qoida?


Aslida, bu biz pandemiyadan oldin doimo eshitadigan moliyaviy feyr-kleyning qayta tug'ilishi. Qoida qayta ko'rib chiqildi, endi cheklovlar boshqacha shakllantiriladi.


Bu "moliyaviy barqarorlik qoidasi": uch yil ichidagi maksimal zarar 60 mln evro (avvalgidek 30 emas). Ammo, limit faqatgina rasmiy ravishda ikki baravarga oshirildi: agar rahbar qoplagan narx 5 milliondan oshmasa, klub moliyaviy barqaror deb hisoblanadi va yana 30 millionlik zararga ruxsat oladi. Yakunda — 90 mln.


2025/26 yoki 2026/27 yilgi mavsumga qadar (malum klubning UEFA bilan kelishuv muddatiga qarab) har bir klub belgilangan natijaga erishishi kerak. Barcha yillik hisobotlar uchun oraliq moliyaviy maqsadlarni o'rnatishi kerak. Ularga rioya qilmaganlar alohida nazoratga olinadi.


Bunga rioya qilmaganlarni birinchi bo'lib qanday jazolashadi?


Har bir klubga individual jarima belgilangan. Eng katta jarima PSJda — 65 mln evro.



Undan so'ng "Roma" (35 mln evro), "Inter" (26 mln), "Yuventus" (23 mln), "Milan" (15 mln), "Beshiktosh" (4 mln), "Marsel" va "Monako" (2 milliondan) bormoqda. Kutilayotgan jarimalarning umumiy miqdori 172 mln evroni tashkil etadi.


Ammo, klublar bu pullarni butunligicha to'lashi aniq emas. Majburiy qism — faqatgina 15%, qolgani — shartli. Qonunbuzarlar yaqin yillarda kelishuv bitimlarida belgilangan vazifalarni qanday bajarishiga bog'liq.


Ushbu kelishuv nima o'zi va qanday ishlaydi?


SHartnoma tuzilmasi barcha klublar uchun bir xil — u yoki uch yilni ("Monako", "Milan", "Beshiktosh", "Yuventus" va PSJ kabi), yoki to'rt yillik ("Roma" va "Inter"da bo'lgani kabi) davrni o'z ichiga oladi.


Kelishuv klublarga ko'rsatma berish va ularning moliyaviy tiklanishini nazorat qilish, ayniqsa pandemiya davridagi yumshatuvlar va endi bekor qilingan eski qoidalardan 2022 yilda qabul qilingan yangi qoidalarga o'tish davrida zarur. Ularni to'liq yangi moliya yilidan ishga tushirishadi — aslida yangi mavsumdan to'liq amalga oshiriladi.


Darhaqiqat, UEFA keyinchalik jiddiyroq talab qilish uchun har bir klub uchun individual rejani qog'ozga tushiradi.


Yana kimdir jabr chekdimi?


"Portu" hali oldingi kelishuvni bajarmadi — UEFA klubni 100 ming evro jarimaga tortdi va klub zararni qoplash qoidasiga to'liq rioya qilmasa (bu qattiqroq bo'ladi, sababi takroriy qoidabuzarlik), keyingi evrokuboklardan chetlatadi.



"Lill" va "Istanbul" UEFA moliyaviy talablarini faqat qisman qondirdi — buning uchun Ittifoq klublarga cheklov kiritdi: ularning evrokuboklardagi arizalari qisqartirildi va ro'yxatdan o'tish uchun yangi o'yinchilar sonini kamaytirishdi.


Yana kim jarimalar yoqasida edi?


Yana 19 klub: ro'yxatdan jumladan "Manchester Siti", "Barselona", "Borussiya" (Dortmund), "Lion", "Sevilya" va "Napoli" bor — ular zararni qoplash talbalariga javob bera oldilar, ammo faqatgina kovid bo'yicha yumshatishlar yoki oldingi besh yildagi yaxshi ko'rsatkichlar sabab.


UEFA bu klublarni ogohlantirdi: kelasi moliyaviy yildan o'tgan cikldagi ko'rsatkichlar hisobga olinmaydi, bu esa ortiq bunday yon berishlar bo'lmaydi degani. Endi bu guruh yanada kuchliroq nazorat qilinadi.


Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика