UEFA "Tottenxem" - "Renn" uchrashuvi bugun o'tkazilmasligini tasdiqladi

Mirjalol Normatov
9 dek 2021, 16:15
UEFA rasmiy sayti Konferenciyalar ligasi 6-turi doirasidagi "Tottenxem" - "Renn" uchrashuvi bugun bo'lib o'tmasligini ma'lum qildi.

"Bugun o'tkazilishi rejalashtirilgan "Tottenxem" - "Renn" uchrashuvi boshqa kuni o'tkaziladi. Uchrashuvning o'tkazilish sanasi keyinroq ma'lum qilinadi", - deb yoziladi UEFA bayonotida.

Oldinroq "Tottenxem" matbuot xizmati o'yinning qoldirilganini yozib o'tgan, biroq "Renn" bunga qarshi chiqqandi.

So'nggi tur oldidan "Tottenxem" 7 ochko bilan 3-o'rinda borayotgan bo'lsa, "Renn" 11 ochko bilan peshqadamlikni rasmiylashtirib bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: uefa.com