UEFA Superkubok oldidan “MYU”ni jazoladi
01 avg 2017 00:10
Yangiliklar


UEFA Superkubok oldidan “MYU”ni jazoladi
UEFA “Manchester Yunayted” jamoasini antidoping qoidalariga amal qilmagani uchun jazoladi.
Evropa Ligasining “Ayaks”ga qarshi kechgan final (2:0) o'yinidan keyin jamoa himoyachilari Deyli Blind va Fil Jons doping-nazorat qoidalariga rioya qilmagan.
Bunda klub mamurlarining ham xatosi bo'lgan. Ular futbolchilarni bu borada ogohlantirishmagan. Natijada “MYU” 10 000 evro, Blind va Jons esa 5000 evrodan jarimaga tortildi.
SHuningdek, UEFA Jonsni ushbu tashkilot bayrog'i ostidagi 2 ta o'yinga diskvalifikaciya qildi. Jons “Real”ga qarshi kechadigan UEFA Superkubogi uchrashuvi hamda CHempionlar ligasining ilk o'yinini o'tkazib yuboradi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar
20:00
UEFA Millatlar ligasi. Franciya uchinchi o'rin uchun bahsda Germaniyani mag'lubiyatga uchratdi 31

Fikrlar