UEFA Superkubogi uchun chiptalar qachon sotuvga chiqarilishi malum bo'ldi
18 iyu 2019 23:15
Yangiliklar


UEFA Superkubogi uchun chiptalar qachon sotuvga chiqarilishi malum bo'ldi
UEFA rasmiy sayti Liverpul hamda CHelsi o'rtasida bo'lib o'tadigan superkubok bahsi uchun chiptalar sotuvini qachon yo'lga qo'yishini rasman elon qildi.
Qayd etilishicha, muxlislar 2 iyul Toshkent vaqti bilan 17:00dan boshlab chiptalarni harid etishlari mumkin. Ularning narxlari esa 50 evrodan 130 evrogacha bo'lishi kutilmoqda.
Bo'lajak o'yin 14 avgustda Turkiyaning Istanbul shahridagi «Vodafon Park» o'yingohida bo'lib o'tadi. Mersisaydliklar ECHL finalida «Tottenxem»ni taslim etgan (2:0) bo'lsa, «arsitokratlar» esa Evropa ligasining hal qiluvchi o'yinida hamshahari «Arsenal»dan yirik hisobda (4:1) ustun kelgandi.
Eslatib o'tamiz, superkubokning amaldagi g'olibi «Atletiko» hisoblanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar