So’nggi yangiliklar

09:53“Барселона“ футболчиси “Челси“га ўтиши мумкин  0 09:24Италиянинг машҳур жамоаси расман профессионал мақомидан айрилди  1 08:55Алонсо “Реал“нинг етакчиларидан бирини АПЛ жамоасига сотишга розилик берди  6 08:26Клублар ўртасидаги ЖЧда иштирок этаётган Европа жамоалари кечаги машғулотларни бир дақиқалик сукут билан бошлашди  0 07:58Суперлига. Бугун 15-тур баҳслари давом эттирилади  1 07:30Ўзбекистон МТЖга номзод футболчи иккинчи даврани “Сўғдиёна“да ўтказади  4 01:19"Милан" "Торино" футболчисининг трансферини эълон қилди  0 01:13"Милан" Асенсио билан музокаралар ўтказмоқда  0 00:45"Ливерпуль" 20-рақамни "музлатди"  17 00:17"Ал Қодисия" А Серия тўпурари учун 40 млн евро тўлашга тайёр  0 23:57"Бунёдкор" ва "Локомотив" собиқ устози "Хўжанд" бош мураббийига айланди  1 23:36Акмал Рустамов: "Омад биз томонда бўлди"  1 23:14Элдор Мойлиев: "Сирожиддин Қўзиев легионерга айланди"  2 22:58Ди Марцио Элдор Шомуродовнинг янги жамоасини маълум қилди  18 22:40Расман: Абрахам яна "Рома"дан кетди, бу сафар бутунлайга  2

UEFA Superkubogi. "Bavariya" - "Sevilya": bosh sovrin kimga nasib etadi? Yangiliklar

UEFA Superkubogi. "Bavariya" - "Sevilya": bosh sovrin kimga nasib etadi?

Bugun Superkubok UEFA-2020 doirasida "Bavariya" va "Sevilya" jamoalari kuch sinashadi.

Bugun Evropa Superkubogi uchun o'tgan mavsumning ikki sovrindor jamoasi (Evropa Ligasi va CHempionlari Ligasi kubogi sohiblari) bellashadi. "Sevilya"da yangi murabbiy hamda boshqa tarkib bo'lishiga qaramay, klub ortiqcha qiyinchiliksiz oltinchi marta "o'z turniri"da g'alaba qozondi. SHundan so'ng, hattoki "turnir nomini "Sevilya" deb o'zgartirsak bo'larkan" degan hazillar paydo bo'ldi. Bunga parallel ravishda Myunxenning "Bavariya"si CHempionlar Ligasidagi yurishlarini mukammal darajada bosib o'tib, 11 o'yinning barchasida g'alaba qozondi. Finalda esa PSJga qarshi maydonga tushib, raqibini ortda qoldirdi va tarixidagi oltinchi sovrinini qo'lga kiritdi.

Etiborlisi shundaki, jamoalar Superkubokdagi ishtiroki bo'yicha statistikasi ham deyarli teng — "Bavariya"da 4 o'yin va bitta g'alaba, "Sevilya"da 5ta uchrashuv, bitta g'oliblik, faqatgina birinchisi so'nggi bahsda, ikkinchi jamoa esa debyut o'yinda zafar quchgan.

Ushbu jamoalar o'zaro ikki marta uchrashgan, u ham bo'lsa bundan 2 yil avval CHempionlar Ligasining pley-off bosqichida. Ispan klubi g'alaba qozona olmagan, ammo nemis favoritining asabiga yaxshilab tegib olgandi — Myunxenda hisob ochilmagan va ikkinchi uchrashuvda minimal hisobdagi mag'lubiyat (1:2). O'shanda Xesus Navas avtogol urgan va ikkinchi golni hozirda "Liverpul"ga ko'chib o'tgan Tiago Alkantara urgan. O'sha qiyin bahsdan keyin myunxenliklarning sobiq prezidenti Uli Xeness himoyachi Xuan Bernatni uni deb jamoa mag'lub bo'lishiga oz qolganlikda ayblagandi. To'qnashuv bu safar ham shiddatli bo'lishi turgan gap.


Muhim jihatlar

Uchrashuv muxlislar bilan o'tadi, ammo hamma ham bunga rozi emas

Yana malum vaqt davomida UEFA tashkilotchiligidagi o'yinlarga muxlislar qo'yilmasligi elon qilingan bo'lsa-da, Evropa Superkubogi uchun bellashuvda istisno qilishga qaror qilindi. Vengriyadagi sig'imi 67 000 kishi bo'lgan "Pushkash Arena"ning eng ko'pi 30%ini to'ldirishga ruxsat berishdi. Biroq oradan bir hafta ham o'tmay, o'yin bekor qilinishi xavfi paydo bo'ldi: Vengriya hukumati koronavirus tufayli yuzaga kelgan noqulaylik tufayli chegaralarni yopishga qaror qildi. Ammo tez orada masalaga echim topib, muxlislar o'yinni tomosha qilish uchun uchib kelishlariga ruxsat berildi.

Bu tanlov nemis klubi tarafdan biroz munozarali ko'rinadi, sababi hozirda Germaniya tribunaga kirishi uchun malum bir talablar mavjud. Bundesliganing barcha klublari birinchi turda stadionlarni qisman bo'lsa-da to'ldirishga muvaffaq bo'ldilar. Lekin hamma ham birdek natijaga erisholmadi: kimdir 500ta chipta sota oldi, kimdir esa hech bir tomondan qo'llab-quvvatlanmay qolib ketaverdi, masalan, "Bavariya". Va bu Vengriyada kasallangan soni 100 000dan oshib ketganiga ham qaramay. Bavariya shtatining bosh vaziri bu mamlakatda qatnovlarni to'xtatishni maslahat berdi, hattoki, bir necha yuzlab fanatlarning biletlari ham qaytarib berildi.

Xullas, nima bo'lganda ham, muxlislar kirishiga ruxsat berildi. SHuningdek, jamoalar rasmiy to'p bilan o'ynashadi — unda 9ta mamlakatdan kelgan 18ta bolaning surati tushirilgan.


Yangilangan "Sevilya" bir oydan beri rasmiy uchrashuvda maydonga tushmagan

Kamyob hodisa: "Sevilya"ga mavsumoldi tayyorgarlikni biroz cho'zishga ruxsat berishgandi. Bugungi o'yinga qadar ular "Levante" bilan o'rtoqlik uchrashuvi (3:2) o'tkazishdi. Albatta, sevilyaliklar bunday imkoniyatga ega bo'lgan yagona klub emas — evrokubok musobaqasining yakunlash bosqichida faol ishtirok etgan barcha klublarga rasmiy uchrashuvsiz, vaqtni uzaytirish imkoni berilgandi.

Xulen Lopetegi jamoasi 21 avgustda Evropa Ligasi finalida o'tgan mavsumni to'liq yakunladi. SHu sababli ham, o'yinchilar o'ziga kelib olishi uchun ularga ko'p vaqt bo'lmadi. "Bavariya" esa ispanlardan uch kun keyin mavsumni yakunlaganiga qaramay, chempionat startini uzoqqa cho'zishdan bosh tortdi. Aslini olganda bu klubning shaxsiy ishi, bu erda zaxira uzunligi muhim rol o'ynaydi.

Bu haqida gap ketganda, "Sevilya" tarkibidagi o'zgarishlarni aytmay bo'lmaydi. Yozda ular bir nechta muhim futbolchilarni yo'qotishdi va deyarli shu zaxoti ularga o'rinbosar topishdi. Kreativ futbolchi Ever Banega o'rniga Ivan Rakitich keldi, xorvat biroz boshqacha uslubda harakat qilsada, foydalilik jihatidan hamkasbidan kam emas. CHap qanot himoyachisi Serxio Regilon ketdi, ammo tajribali Markos Akunya xarid qilindi. Lopetegiga ularni o'z tizimiga moslashtirish uchun vaqt zarur bo'lar, lekin bu borada mutaxassis jiddiy muammolarga duch kelmasa kerak.


Koman hamon o'yindan tashqarida, "Bavariya"da vingerlarning yangi dueti

"Bavariya" ham shunday sekin-asta o'zgarmoqda. Xansi Flik shogirdlarining chempionat birinchi uchrashuvida bechora "SHalke"ga javobsiz sakkizta gol urganidan kelib chiqsak, jamoa o'tgan mavsumni davom ettirayotgandek. SHunday bo'lsada, "Bavariya" yangi futbolchilar, yangi etakchilarga ega bo'lishb bormoqda. Misol uchun Yosua Kimmix jamoani tark etgan Tiagoning 6-raqamini oldi, bu ishi bilan endi u markazda bosh rolda bo'lishiga shama qilgandek.

Ammo yangi vingerlar dueti ko'proq etiborni o'ziga tortmoqda - Serj Gnabri va Leroy Sane. O'tgan juma kuni ushbu juftlik oltita golni tashkillashtirib yuborishdi – Gnabri vaziyatlardan unumli foydalansa, Sane jamoadoshlarini qulay vaziyatlarga chiqarib turdi. Ularning harakatlari mashhur "Robberi"ni eslatib yuborgandek. 

Kingsli Koman jarohatidan forig' bo'lgach ham tarkibga qaytishi qiyin bo'ladi chog'i. 

Germaniyaliklarda boshqa yo'qotishlar yo'q. Faqatgina jamoaning yangi azosi Tangi Kuassi jarohatlangan. David Alaba va Robert Levandovski safga qaytdi – polshalik to'rt o'yin o'tkazgan bo'lsada, "Sevilya"ga hali gol ura olmagani etiborga loyiq. 


Taxminiy tarkiblar

Nazarimizda, Xulen Lopetegi odatdagi o'yin usulini o'zgartirmasligi lozim: 4-3-3 sxemasi. "Bavariya" tarkibiga David Alaba va Alfonso Devis qaytishi kutilmoqda: 4-2-3-1 sxemasi.


"Bavariya" - "Sevilya"


Superkubok — juda g'alati turnir. Ko'plab klublar bu musobaqaga jiddiy qaramay, asosiy tarkib bilan maydonga tushmaydilar va boshqa o'yinlarga kuchlarini saqlab qolishga harakat qiladilar.

Bu jamoalar bir-biri bilan kam o'ynagan, ammo ikki o'yindan iborat qarama-qarshiliklarda kichik ustunlik "Bavariya" tomonida. Lopetegi Bavariya"ni mag'lub etishni "Portu" davridan biladi, ispaniyaliklar esa yangi transferlar orqali yanada kuchayishni maqsad qilgan. Klubga qaytgan Ivan Rakitich, raqib hurmatga loyiq jamoa ekanligi, lekin "Sevilya" ham bazi narsalarni isbotlab qo'yish niyatidaligini aytib o'tdi.

Nima bo'lganda ham, yaqinda "Barselona" safida myunxenliklarga 2:8 hisobida yutqazgan Rakitich nima desa ham, "Bavariya" favorit bo'lib qolaveradi. Jamoa yaxshi sport formasida, jarohatlar yo'q, raqib esa yaqin kunlarda o'yin amaliyotiga ega bo'lmadi. Mana shu jihat muhim rol o'ynashi mumkin.

Yana bir sovrin har ikki klub muzeyida ortiqchalik qilmasligi aniq. Kim biladi deysiz, balki g'olib nomini aniqlash uchun 90 daqiqa etarli bo'lmas.

Eslatib o'tamiz, "Bavariya" - "Sevilya" uchrashuvi bugun bizning vaqtimiz bilan 23:59 da boshlanadi.


Omonjon To'xtamirzaev tarjimasi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика