UEFA Simeoneni chetlatishi mumkin
22 fev 2019 20:10
Yangiliklar


UEFA Simeoneni chetlatishi mumkin
“Atletiko” bosh murabbiyi Diego Simeone ECHLning 1/8 finali doirasidagi ilk uchrashuvda golni noodatiy xatti-harakat bilan nishonlagani uchun UEFA tomonidan chetlatishi mumkin, deya xabar beradi Gazzetta dello Sport.
Agar tashkilot Simeoneni diskvalifikaciya qiladigan bo'lsa, u holda 48 yoshli mutaxassis "Yuventus"ga qarshi javob bahsida shogirdlariga yordam bera olmaydi. Avvalroq, murabbiyning o'zi ushbu harakatini chin yurakdan bajarganini bildirgan. Biroq, ko'pchilik bu holatni VAR'ga norozilik deya baholagan.
Eslatib o'tamiz, “Atletiko” va “Yuventus” o'rtasidagi birinchi o'yinda 2:0 hisobida maydon egalari g'alaba qozongan edi. Turindagi javob o'yini esa Toshkent vaqti bilan 13 mart kuni, soat 01:00 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar