UEFA rossiyalik hakamni 10 yilga futboldan chetlatdi
09 iyu 2021 20:10
Yangiliklar
UEFA rossiyalik hakamni 10 yilga futboldan chetlatdi
Rossiya futbol ittifoqi hakamlar qo'mitasi rahbari Ashot Xachaturyanc UEFAning hakam Sergey Lapochkinni 10 yilga diskvalifikaciya qilgani to'g'risidagi qarorini elon qildi.
15 aprel kuni UEFA Lapochkinni reglamentni buzganlikda gumon qilib, 90 kunga futboldan chetlatgandi. U 2018 yil Evropa Ligasi 2018/19 yilgi mavsum 2-saralash bosqichi doirasida 26 iyulda o'tishi kerak bo'lgan "Ventspils" — "Bordo" (0:1) uchrashuvi oldidan bahs natijasiga tasir o'tkazishni so'ragan shaxslar haqida UEFAga xabar bermagan.
40 yoshli referi bosh hakam sifatida 15 ta uchrashuvda ishlagan. U 95 ta sariq (shulardan 12 tasida futbolchilar maydondan chetlatilgan), 1 ta qizil kartochka ko'rsatgan va 11 ta penalti belgilagan.
Lapochkin 2019 yil yozidan beri evrokuboklarda ishlamaydi.
Fikrlar