UEFA Ronalduning ishini 27 sentyabrda ko'rib chiqadi
20 sen 2018 18:16
Yangiliklar
UEFA Ronalduning ishini 27 sentyabrda ko'rib chiqadi
Kecha bo'lib o'tgan ECHL 1-turi doirasidagi bahsda "Yuventus" forvardi Krishtianu Ronaldu qizil kartochka olganidan xabaringiz bor.
UEFA Ronalduning tartib-intizom ishini 27 sentyabr kuni ko'rib chiqadi.
"Krishtianu Ronalduning qizil kartochka bilan bog'liq tartib-intizom ishini UEFA keyingi payshanba kuni ko'rib chiqadi", - deb yozdi "Assoshieyted Press" agentligi jurnalisti Rob Xarris.
Ronaldu 2 oktyabr kuni "Yang Boyz"ga qarshi o'tadigan 2-tur o'yinini o'tkazib yuborishi aniq. Lekin, UEFA ishni ko'rib chiqqanidan so'ng diskvalifikaciya muddati uzaytirilishi mumkin.

"Keksa sinoralar" 3-turda "Old Trafford"da MYU mehmoni bo'lishadi. Vaziyat italiyaliklar uchun salbiy yakun topadigan bo'lsa, Krishtianu o'zining jonajon stadionida jonajon klubiga qarshi maydonga tusha olmaydi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Роналду нима учун овоз бермади? Португалия сардори FIFA The Best маросимини ўтказиб юборди
Fikrlar