UEFA "Napoli"ga qarshi ish ochdi

Tolibjon Qosimov
5 okt 2018, 11:31
YCHL 2-turi doirasida Italiyaning "Napoli" klubi o'z maydonida Angliyaning "Liverpul" jamoasini mag'lub etgan edi - 1:0.

UEFA aynan mana shu uchrashuv davomida tribunada kuzatilgan kelishmovchilik borasida tartib-intizomiy surishtiruvni boshladi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar berdi.

UEFA neapolliklar muxlislari tribunalarda fayyerdan foydalangani va stadionga kiruvchi zinani to'sib qo'yganliklari uchun "Napoli"ga qarshi ish ochdi.

Ish 18 oktyabr kuni ko'rib chiqiladi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: uefa.com