So’nggi yangiliklar

10:29Нега Тимур Кападзенинг Испанияга қарши ўйин олди ташкил этилган матбуот анжуманидаги фикрлари ҳеч бир ўзбек ОАВсида чиқмади?  4 09:57АS нашри Испания ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркибини эълон қилди  8 09:22Ўзбекистон ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркиби билан танишинг  16 08:55“Mirabror Usmanov Cup-2024”. Бугун учинчи ўрин ва финал учун учрашувлар бўлиб ўтади  1 08:26Ҳусайн Норчаев олимпиада олдидан ФИФАга тайёргарлик, режалар ва мақсадлар ҳақида интервью берди  10 08:01ESPN нашри ХХI асрнинг энг яхши футболчилар рейтингини тузиб чиқди  13 07:21Тарих ёзишда давом этамиз! Бугун Ўзбекистон ОТЖ Олимпия ўйинларида дебют баҳсида майдонга тушади  33 00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  1 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  3 00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  1 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  4 23:29"Челси"ни 12 нафар футболчи тарк этиши мумкин - барча номлар маълум  3 23:12Туркия. Турғунбоевнинг ягона голи "Сивасспор"га ўртоқлик ўйинида ғалаба тақдим этди  3 22:55Ўртоқлик ўйини. "Арал" Суперлига жамоасини мағлуб этди  6 22:27Венесуэлада ВАР томонидан белгиланган офсайд чизиғи муҳокамаларга сабаб бўлди  15

UEFA Millatlar ligasi. Portugaliya - chempion! Yangiliklar

UEFA Millatlar ligasi. Portugaliya - chempion!

Bugun UEFA Millatlar ligasining dastlabki g'olibi nomini bilib oldik.

Krishtianu Ronaldu boshchiligidagi Portugaliya terma jamoasi Virjil van Deyk sardorligidagi Gollandiyaga qarshi bahs olib bordi va Gonsalo Gedeshning yagona goli evaziga g'alaba qozondi.

Portugaliya - Gollandiya. Ronaldu vs van Deyk, asosiy tarkiblar malum

Portugal

Goncalo Guedes - 60'

UEFA Nations League A Championship Playoff . final-tur

09/06/2019, 23:45

0
:
1
Tugadi

Netherlands

Stadion: Estadio do Dragao, 43199 tomoshabin

Bosh hakam: Alberto Undiano

45'
90'
60'  Goncalo Guedes
60'  Bernardo Silva
75'  Goncalo Guedes (Rafa Silva)
81'  Bruno Fernandes (Joao Moutinho)
90'  William Carvalho (Ruben Neves)
46'  Ryan Babel (Quincy Promes)
60'  Steven Bergwijn (Donny van de Beek)
81'  Marten de Roon (Luuk de Jong)
88'  Denzel Dumfries
90'  Virgil van Dijk

UEFA Millatlar ligasi

Final

09.06.2019, 23:45

"Dragau", Portu

Portugaliya - Gollandiya 1:0

Bosh hakam: Alberto Undiano Malenko

Gol: G.Gedesh (B.Silva) 60

Portugaliya: Ruy Patrisiu, Joze Fonte, Rafael Gerreyru, Nelson Semedu, Ruben Diash, Danilo, Vilyam Karvalyu (Ruben Nevesh, 90+3), Bernardu Silva, Brunu Fernandesh (Joau Moutino, 81), Gonsalo Gedesh (Rafa Silva, 75), Krishtianu Ronaldu.

Gollandiya: Yasper Sillessen, Matteys de Ligt, Deyli Blind, Denzel Damfris, Virjil van Deyk, Marten de Ron (Lyuk De Yong, 82), Jorjino Veynaldum, Frenki de Yong, Stiven Bergveyn (Doni Van De Beek, 60), Rayan Babel (Kuinsi Promes, 46), Memfis Depay.

Ogohlantirishlar: Damfris 88, L.De Yong 90+1

MATNLI TRANSLYACIYA


Uchrashuv yakunlandi. Ronaldu va uning jamoadoshlarini Millatlar ligasining dastlabki chempioni bo'lgani bilan tabriklaymiz.

90+2 - Gollandlar hujumga zo'r berishmoqda, lekin foyda bo'larmikin?

89 - Ronaldu jarimani ijro etadi.

83 - Bir daqiqa oldin maydonga tushgan Lyuk De Yong bosh bilan zarba berdi, noaniq.

81 - Tinmay zarbalar bergan Brunu Fernandesh o'z o'rnini Joau Moutinoga bo'shatib berdi.

80 - Fernandeshning navbatdagi zarbasi va Sillessendan yana bir seyv.

Gedeshning golini ko'rmay qolgan o'quvchilarimiz saytimizning telegram kanalida uni tomosha qilishlari mumkin >>>> VIDEOni ko'rish

72 - Van Deyk hujumda fol ishlatdi. Ronaldu esa bir necha soniya avval himoyada to'pni qactardi.


Gonsalo Gedesh Portugaliya terma jamoasi tarkibida roppa-rosa 1 yilu 2 kundan so'ng yana gol urdi. So'nggi bor u Jazoir darvozasiga ikkita gol urgandi.


65 - Zarbaaa, Depayning bosh bilan bergan aniq zarbasini Rui Patrisiu qaytardi. Ajoyib seyv, gollandlar mana endi hujumga o'ta boshlashdi.

60 - Gooooooollllll, Gonsalo Gedeshshsh!!!!! Biroz oldin qalami sinsa kerak jeb turganimiz Gedesh gol urdi. Matnlidagi gapni kimdir aytdimikin? )) Golda eng katta ishni Bernardu Silva bajardi, ayni paytda o'zining eng yaxshi sport formasida bo'lib turgan Silva zarba beradigan poziciyada Gedeshni qidirib topdi. Haqiqiy pleymeker.

58 - Gedesh qarshi hujumga o'tib ketayotganda to'pni oldirdi, uning maydondagi daqiqalari tugab bormoqda. Tez orada uning bugungi uchrashuvdagi qalami sindirilsa ajab emas)

57 - Uhh, kutilmaganda Fonte to'pni Depayga oldirib qo'ydi. Patrisiu Jozeni aybdorlikdan qutqarib qoldi.

55 - Portugaliya o'yindagi 9-burchak zarbasini ijro etdi, gollandlar o'ziga kelib olmasa gol o'tkazib yuborish ehtimoli ortmoqda. Doni van de Beekni tushirishning ayni payti. Bo'laqol, Kuman.

53 - Xavfli vaziyat! Fonte va Diash raqib jarima maydonchasida bir-biriga halaqit qilib qolishdi.

52 - Ronaldu De Ron va De Ligtdan qochib ketdi va Gedeshga pas berdi. Gonsalo esa to'pni Virjildan o'tkaza olmadi. Portugaliya tarkibida almashtirilishga birinchi nomzod - Gedesh.

50 - Zarbaaa, Veynaldum birga-bir vaziyatga chiqib borib zarba berdi. Patrisiu o'zini ko'rsatdi, hakam esa o'yindan tashqari holatni ko'rsatdi.

"Uchar gollandlar" ikkinchi 45 daqiqalikni boshlab berishdi. Kuman Babel o'rniga maydonga Kuinsi Promesni tushirdi.

Futbolchilar maydonga chiqib kelishdi. 2-bo'limni boshlashga hammasi shay.

Portugaliyaning ustunligida o'tgan birinchi bo'limdahisob ochilmadi. Tanaffus.

45 - Portugaliya tezkor qarshi hujum uyushtirishga harakat qildi. Garchi Gedesh tezlikni tushirib yuborgan bo'lsa-da, Semedu hujumni zarba bilan tugata oldi.


Mana o'sha to'pni maydonga olib chiqqan "ulov".


41 - Zarba, Ronaldu chapdan o'rtaroqqa qarab yurdi va aniq zarba berdi. Yasper o'z o'rnida.



38 - Brunu Fernandeshdan to'rtinchi zarba. Bugun bu yigit kelgan to'pni darvozaga tepayapti. Ortda qolgan mavsumda u "Sporting" tarkibida ko'plab gollar urgan.

36 - Brunudan yana bir zarba, bu safar van Deyk to'pni chiqarib yubordi. Portugaliya bosimni va hujumlarni kuchaytirmoqda. Zarbalar ko'payib qoldi.


Hozircha uchrashuvdagi eng yaxshi kadr)


31 - Zarbaaa, Ronalduning bosh bilan bergan aniq zarbasini Sillessin ushlab oldi, o'z o'rnida forvard ofsaydda ekan.

30 - Brunu Fernandeshdan o'yindagi ikkini zarba, bu safar darvozabon to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

28 - Fonte burchak zarbasidan keyin bosh bilan gol urmoqchi bo'ldi. To'p kuchsiz bordi va kiper uni ushlab oldi.

28 - Ronaldu va van Deykning ilk to'qnashuvi ro'y berdi. Krishtining zarbasi Virjil blokladi va maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

25 - Maydonda to'p uchun dahshatli kurashlar kechmoqda, o'yinchilar bir-birlarini umuman ayashmayapti.


Boya penalti qo'yilmagan vaziyat, o'zi yo'q ediyam-da 11 metrlik)


17 - Xavfli vaziyat! Portugallar Bergveynga to'pni sovg'a qilib qo'yishgandi. Ammo, Ruben Diash uni 7-raqamdan osongina olib qo'ydi. "Manchester Yunayted" va "Manchester Siti" qiziqib yurgan Ruben hozir o'zini ko'rsatdi.

15 - Veynaldum va Semedu qarama-qarshiligida to'p gollanddan maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

12 - Zarba, Brununing zarbasini yo'l-yo'lakay Karvalyu yo'nalishini o'zgartirib yuborishi mumkin edi. Ammo, Uilyamning boshi to'pga tegmay qoldi va to'pni Sillessin ushlab oldi.

9 - Brunu Fernandeshdan uzoq masofadan juda noaniq zarba.

Ayni paytda "Oltin to'p" uchun kurashda ko'pchilik Lionel Messi, Krishtianu Ronaldu va Virjil van Deyklarning imkoniyatini yuqori baholamoqda. Demak, bugungi uchrashuvdagi muvaffaqiyat individual sovrin uchun tashlangan katta qadamga aylanishi mumkin. Messining zaxirasida ham hali Kopa Amerika musobaqasi turibdi. Bu mavsumdagi "Oltin to'p" masalasiga katta ehtimol terma jamoalar ishtirokidagi musobaqalardan kelib chiqib oydinlik iritilishi mumkin.


4 - Bernardu Silva yiqildi, ammo bosh hakam Malenko jim. Davom etamiz.

Bir necha soat oldin yakunlangan uchinchi o'rin uchun bahsda Angliya va SHveycariya terma jamoalari o'zaro bellashishdi. Unda inglizlar penaltilar seriyasidagi g'alaba evaziga bronza medallarini qo'lga kiritishdi. Angliya posboni Jordan Pikford o'zi penaltidan gol urdi va so'nggi zarbani qaytardi.

- Uchrashuv boshlandi! Bugungi matnli translyaciyani sizlar uchun "Championat.asia" jurnalisti Tolibjon Qosimov yuritib boradi.

Uchrashuvni boshlab beruvchi to'pni maydonga homiylar logotipi tushirilgan maxsus kichik avtomobilda olib chiqildi.



Har ikkala mamlakat madhiyalari yangrab o'tdi.


Finalning eng yorqin yulduzi hal qiluvchi bellashuvga shay.

- UEFA Millatlar ligasi dastlabki mavsumida finalga mazkur ikki terma jamoa etib keldi. Final Portugaliyada bo'lib o'tmoqda. Kimdir bu omil mezbonlarning g'olib chiqishida muhim rol o'ynaydi deyishi mumkin, ammo finalda bu jihat deyarli ahamiyat kasb etmaydi.

Reyting: +48   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика